Har bir xitoylik hamkorga loyihalarga hamrohlik qiluvchi menejer tayinlanadi — Mirziyoyev
13:16 25.01.2024 (yangilandi: 13:41 25.01.2024)
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston-Xitoy investitsiya forumida ishtirok etdi.
TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. Har bir xitoylik hamkorga loyihalar boshidan oxirigacha hamrohlik qiluvchi investitsiya menejeri tayinlanadi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shenchjen shahrida o‘tayotgan qo‘shma Investitsiya forumida ma’lum qildi.
Investitsiya forumida ikki mamlakat idoralari va hududlari rahbarlarini, Xitoy yirik biznesining 600 nafardan ziyod vakil ishtirok etmoqda.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v rabote sovmestnogo Investitsionnogo foruma, proxodashego v gorode Shenchjene.
“Bugun mamlakatlarimiz o‘rtasidagi keng qamrovli va o‘zaro manfaatli munosabatlar, birinchi navbatda, iqtisodiy hamkorlik aloqalaridan kuch oladi”, — dedi prezident.
Prezident kelgusi hamkorlikning ustuvor va istiqbolli yo‘nalishlarini ko‘rsatib o‘tdi:
infratuzilmani rivojlantirish loyihalariga Xitoy moliya institutlari mablag‘larini jalb qilishning soddalashtirilgan tartibini joriy qilgan holda ushbu mamlakat kompaniyalari bilan sheriklikni kengaytirish;
iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida, shu jumladan strategik xomashoni chuqur qayta ishlashda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish;
qishloq xo‘jaligiga Xitoyning ilg‘or texnologiyalarini jalb qilish hamda yerlarni qayta tiklash va tuzga chidamli o‘simliklarni ekish bo‘yicha ilmiy yondashuvlarini joriy qilish.
“Yashil” energetikada strategik sheriklikni yanada ilgari surish va Xitoy kompaniyalarining xususiylashtirish dasturida ishtirok etishi ham muhim yo‘nalishlar sifatida qayd etildi. Shu munosabat bilan investitsiya loyihalari portfelini, infratuzilma va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish dasturlarini kengaytirish bo‘yicha xitoylik sheriklar bilan kelishuvlarga erishilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v rabote sovmestnogo Investitsionnogo foruma, proxodashego v gorode Shenchjene.
Tashrif davomida Xitoyning yetakchi banklari tomonidan loyihalarni moliyalashtirishni kengaytirish, Eksport-import banki vakolatxonasini ochish va Ipak yo‘li fondi bilan birgalikda yangi Investitsiya platformasini yaratish bo‘yicha qabul qarorlar qabul qilindi.
“Yana bir yangilik. Har bir xitoylik hamkorga loyihalar boshidan oxirigacha hamrohlik qiluvchi investitsiya menejeri tayinlanadi. Ular kompaniyalaringiz loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishida yangi imkoniyatlar yaratishiga qat’iy ishonamiz”, — dedi prezident.
Biznes forumi yakunida energetika, neft-gaz, tog‘-kon, elektrotexnika, yengil sanoat, mashinasozlik, infratuzilmani rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi, ta’lim, transport va logistika sohalarida loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hujjatlarning katta to‘plami imzolandi.
“Yo‘l xarita” si ishlab chiqilib, har bir loyihaga mas’ul menejerlar biriktiriladi.
Yakunda O‘zbekiston yetakchisi ushbu Guandun investitsiya forumini har yili tashkil etish tashabbusini ilgari surib, uning navbatdagi uchrashuvini kelgusi yilda Samarqand shahrida o‘tkazishni taklif qildi.