Xitoydan O‘zbekistonga kiritilgan investitsiyalarning umumiy hajmi 14 mlrd dollardan oshdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaO‘zbekiston prezidenti Xitoy Davlat kengashi Bosh vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi.
O‘zbekiston prezidenti Xitoy Davlat kengashi Bosh vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.01.2024
Obuna bo‘lish
O‘tgan yilda ikki mamlakat o‘rtasida tovar ayirboshlash rekord ko‘rsatkich – 14 milliard dollarga yetdi.
TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. Xitoydan O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritilgan investitsiyalarning umumiy hajmi 14 milliard dollardan oshdi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning XXR Davlat kengashi bosh vaziri Li San bilan uchrashuvida ma’lum qilindi.
Uchrashuvda ko‘p qirrali amaliy hamkorlikni, eng avvalo, savdo-iqtisodiy sohada yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
XXR hukumati rahbari ikki mamlakat yetakchilarining siyosiy irodasi va birgalikdagi sa’y-harakatlari tufayli O‘zbekiston-Xitoy munosabatlari barcha soha va yo‘nalishlarda misli ko‘rilmagan darajaga ko‘tarilganini qayd etdi.
O‘tgan yilda tovar ayirboshlash 50 foizga oshib, rekord ko‘rsatkich – 14 milliard dollarga yetdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaO‘zbekiston prezidenti Xitoy Davlat kengashi Bosh vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Prezident Uzbekistana vstretilsya s Premyerom Gosudarstvennogo soveta Kitaya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.01.2024
O‘zbekiston prezidenti Xitoy Davlat kengashi Bosh vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi.
“Bu ko‘rsatkichni, shu jumladan yuqori sifatli sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini o‘zaro yetkazib berishni ko‘paytirish hisobiga 20 milliard dollarga yetkazish uchun salohiyat mavjudligi ta’kidlandi. Xitoydan O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritilgan investitsiyalarning umumiy hajmi 14 milliard dollardan oshdi”, — deyiladi xabarda.
Infratuzilmani modernizatsiya qilish, sanoat kooperatsiyasini, qishloq xo‘jaligida texnologiyalar transferini kengaytirish va “yashil” energetikani rivojlantirish bo‘yicha alohida hamkorlik dasturlarini tayyorlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, Xitoyning yetakchi bank-moliya institutlari bilan amaliy hamkorlikni chuqurlashtirish hamda Xitoy kompaniyalarining O‘zbekistondagixususiylashtirish jarayonlarida ishtirok etishi istiqbollari ko‘rib chiqildi. Tomonlar shuningdek, aviaqatnovlar va sayyohlik almashinuvini yanada kengaytirish muhimligini ta’kidlashdi.
Yakunda Shavkat Mirziyoyev XXR Davlat kengashi bosh vazirini tashrif bilan O‘zbekistonga kelishga taklif qildi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga davlat tashrifi bilan Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib turibdi. Tashrif dasturiga muvofiq bugun O‘zbekiston yetakchisi XXR raisi Si Szinpin bilan muzokaralar hamda Xitoyning rasmiy shaxslari va ishbilarmon doiralari vakillari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.
Yangiliklar lentasi
0