Smartfonlardan taralayotgan yorug‘lik qachon va nima uchun xavfli ekanligi aytildi

© Depositphotos.com / Antgor90Devushka so smartfonom. Illyustrativnoe foto
Devushka so smartfonom. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.01.2024
Obuna bo‘lish
Elektron qurilmalar ekranlari moddalar almashinuvining buzilishiga olib kelishi mumkin.
TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. Tumen davlat tibbiyot universiteti olimlari smartfonlardan chiqayotgan yorug‘lik semirish ehtimolini oshirishini isbotlashdi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Mualliflarining fikricha, spektrning ko‘k qismidan har qanday yorug‘lik manbalari – elektron qurilmalar ekranlari (smartfonlar, noutbuklar, televizorlar) yoki derazalardan – moddalar almashinuvining buzilishiga olib kelishi mumkin.
Spektrning ko‘k qismidagi yorug‘lik barcha tirik mavjudotlarning kundalik faollik sikllarini tartibga solishda muhim rol o‘ynaydigan melatonin gormoni ishlab chiqarishga to‘sqinlik qiladi.
Bunday ortiqcha ta’sir qilish bilan nafaqat uyqu rejimi, balki metabolizm ham azoblanadi va tananing javobi MTNR1B melatonin retseptorlari genining turli xil variantlari bilan belgilanadi. Genotipida melatonin retseptorlari genining MTNR1B rs10830963 variantiga ega bo‘lgan odamlarning metabolizmi ko‘k nurga eng sezgir.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, ular Yer aholisining umumiy sonining yarmini tashkil qiladi. Bundan tashqari, ushbu gen tashuvchilarda tana massasi indeksining oshishi bilan kunlik harorat dinamikasi va o‘rtacha kunlik harorat darajasi o‘zgarishi ma’lum bo‘ldi.
Yorug‘likning inson tanasiga ta’sirining jiddiyligini baholash uchun yangi vositani ishlab chiqishda Tumen davlat tibbiyot universiteti va boshqa mahalliy institutlar olimlari 21:30 dan 01:00 gacha (eng faol melatonin ishlab chiqarish davri) har qanday manbadan kichik miqdordagi ko‘k yorug‘lik tana massasi indeksining oshishi bilan bog‘liq ekanini aniqlashdi.
Sinov jarayonlarida ishtirok etganlar bir hafta davomida uyqu sifatini, faollik darajasini va organizm hayotiy faoliyatining boshqa parametrlarini kuzatish imkonini beruvchi aktimetrlarni – qurilmalarni kiyib yurishgan.

“Olingan ma’lumotlarga asoslanib, biz soat 21:00dan keyin smartfon, kompyuter va boshqa elektron qurilmalarda yoruqlik filtrini yoqishni, shuningdek, ko‘chadan keladigan yorug‘likdan saqlanishni tavsiya qilamiz”, dedi universitet vakili.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, hatto kichik miqdor ham metabolik kasalliklarga, jumladan, vazn ortishiga olib kelishi mumkin.
Uning ta’kidlashicha, ertalab va kunduzi tanaga yetarli miqdorda ko‘k yorug‘lik tushgan bo‘lsa, kechki yorug‘likdan qochish osonroq bo‘ladi: bu vaqtda yorug‘lik, aksincha, tana uchun foydalidir.
Yangiliklar lentasi
0