Shavkat Mirziyoyev va Si Szinpin nimalarga kelishib olishdi — tafsilotlar

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaO‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning rasmiy delegatsiyalar a’zolari ishtirokidagi muzokaralar
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning rasmiy delegatsiyalar a’zolari ishtirokidagi muzokaralar - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.01.2024
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston yetakchisi xitoylik sheriklarni mamlakatdagi davlat korxonalari va banklarini xususiylashtirish jarayonlarida faol ishtirok etishga chaqirdi.
TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpinning rasmiy delegatsiyalar a’zolari ishtirokidagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Tomonlar O‘zbekistonda Xitoyning “Lu Ban ustaxonasi” professional ta’lim tizimini joriy qilish bo‘yicha pilot loyiha boshlanganini olqishlashdi.
Qayd etilishicha, o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha tovar ayirboshlash 14 milliard dollarga yetdi. Yaqin istiqbolda buni 20 milliard dollarga yetkazish uchun barcha imkoniyatlar borligi to‘g‘risida yakdil fikr bildirildi.
Keyingi yillarda Xitoydan O‘zbekiston iqtisodiyotiga investitsiyalar hajmi besh barobar, qo‘shma korxonalar soni esa uch barobar oshdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaO‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev
Peregovori Prezidenta Respubliki Uzbekistan Shavkata Mirziyoyeva i Predsedatelya Kitayskoy Narodnoy Respubliki Si Szinpina. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.01.2024
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev
“Infratuzilma, sanoat kooperatsiyasi, qishloq xo‘jaligi va “yashil” energetikada texnologiyalar transferi sohalarida hamkorlik dasturlarini tayyorlash va qabul qilishga kelishib olindi. Shu ma’noda, o‘tgan yil oxirida O‘zbekistonda Xitoy kompaniyalari ishtirokida quvvati 1000 megavattlik ikkita yangi quyosh elektr stansiyalari foydalanishga topshirilgani mamnuniyat bilan qayd etildi”, — deyiladi xabarda.
Xitoyning yetakchi banklari, “Ipak yo‘li” fondi va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki bilan samarali moliyaviy-texnik hamkorlikning bugungi darajasi yuqori baholandi.
O‘zbekiston yetakchisi investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlashning moliyaviy vositalarini kengaytirish, jumladan, qo‘shma platforma yaratish borasida kelishuvlarga erishilganini, shuningdek, Xitoy Eksimbankining Toshkent shahrida Markaziy Osiyo uchun mintaqaviy ofis ochish qarorini olqishladi.
“Prezidentimiz xitoylik sheriklarni O‘zbekistondagi davlat korxonalari va banklarini xususiylashtirish jarayonlarida faol ishtirok etishga chaqirdi”, — deyiladi xabarda.
Yetakchilar hududlararo almashinuvlar faollashganiga mamnuniyat bildirishib, bu boradagi hamkorlikni muvofiqlashtirish uchun O‘zbekiston va Xitoy hududlari kengashini tuzishga kelishib olishdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaXitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin
Peregovori Prezidenta Respubliki Uzbekistan Shavkata Mirziyoyeva i Predsedatelya Kitayskoy Narodnoy Respubliki Si Szinpina. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.01.2024
Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin
“Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasida Transmintaqaviy transport va tranzit ko‘prigining muhim tarkibiy qismi bo‘ladigan “Xitoy – Qirg‘iziston - O‘zbekiston” temir yo‘lini qurish bo‘yicha amaliy ishlarni tez fursatda boshlash muhim ekani ta’kidlandi.
Ta’lim va turizm sohasidagi hamkorlikni faollashtirish, o‘zaro madaniyat kunlarini o‘tkazish amaliyotini davom ettirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Qo‘shma Yoshlar innovatsiya forumini o‘tkazish taklif qilindi.
Rejalashtirilgan barcha tadbirlar va ilgari surilgan tashabbuslarni amalga oshirish maqsadida tomonlar Hukumatlararo qo‘mita va uning barcha kichik qo‘mitalari yig‘ilishlarini joriy yilning birinchi yarmida o‘tkazishga ahdlashib oldi.
Ta’kidlanishicha, “Yagona Xitoy” siyosati hamda “uch yovuz kuch”ga qarshi kurashish borasidagi pozitsiya o‘zgarmas ekani tasdiqlandi.
Muzokaralar yakunida O‘zbekiston yetakchisi XXR rahbarini tashrif bilan O‘zbekistonga kelishga taklif qildi hamda do‘st Xitoy xalqining yaqinlashib kelayotgan xitoycha Yangi yil – “Chun Sze” bayrami bilan tabrikladi.
Yangiliklar lentasi
0