Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya jangchilari Artyomovskning shimolida Ukraina kuchlari pozitsiyalarini yo‘q qildi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishBoyevaya rabota gvardeyskoy 200-y motostrelkovoy brigadi Severnogo flota v zone SVO.
Boyevaya rabota gvardeyskoy 200-y motostrelkovoy brigadi Severnogo flota v zone SVO.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.01.2024
Obuna bo‘lish
Shimoliy flotning minomotchilari Artyomovsk shimoliy qanotidagi Ukraina qurolli kuchlarining pozitsiyalarini yo‘q qilishdi.
TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. Shimoliy flotning 200-gvardiya motoo‘qotar brigadasining minomotchilari “Yug” qo‘shinlari guruhi tarkibida harakat qilib, Artyomovsk shimoliy qanotida Ukraina qurolli kuchlarining mustahkamlangan pozitsiyalari va piyoda askarlarini yo‘q qildi. Bu haqda RIA Novosti muxbiri xabar berdi.
Dron yordamida Ukraina harbiy xizmatchilarining kamuflyajlangan pozitsiyalari va piyoda askarlarning to‘plangan joylari aniqlangan.
Nishonlar aniqlangandan so‘ng UQK pozitsiyalariga zarba berilgan va yo‘q qilingan.
"Bizning nishonlarimiz, asosan, piyoda askarlar, blindajlar, yengil zirhli nishonlar va o‘q otish pozitsiyalari”, – dedi “Shlyambur” chaqiruv belgili minomot ekipajining yuklovchisi RIA Novosti agentligiga.
Yakshanba kuni Rossiya Qurolli kuchlari maxsus bo‘linmalari guruhi qo‘mondoni RIA Novosti agentligiga Rossiya kuchlarining janubiy guruhi harbiy xizmatchilari frontning Artyomovsk sektorida qulayroq pozitsiyalarni egallagani haqida habar berdi. Unga ko‘ra, dushman orqaga chekinadi, rus bo‘linmalari esa olg‘a siljimoqda.
Yangiliklar lentasi
0