https://oz.sputniknews.uz/20240124/ozbekiston-eron-ozbek-xalqi-tarixiy-hujjatlar-42174483.html
O‘zbekiston Eronda saqlanayotgan o‘zbek xalqi tarixiga doir hujjatlarni o‘rganadi
O‘zbekiston Eronda saqlanayotgan o‘zbek xalqi tarixiga doir hujjatlarni o‘rganadi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Eron tarixchilari o‘rtasida samarali aloqalar yo‘lga qo‘yiladi.
2024-01-24T12:15+0500
2024-01-24T12:15+0500
2024-01-24T12:15+0500
o‘zbekiston
eron
qo‘lozma
o‘zbekiston fanlar akademiyasi
madaniyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/09/40864206_0:256:2730:1792_1920x0_80_0_0_b531fbde58f0745b3e1db7217ec575c4.jpg
TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Eronda saqlanayotgan o‘zbek xalqiga tegishli tarixiy hujjatlarni aniqlaydi, deya xabar berdi Fanlar akademiyasi.Tarix instituti direktori, akademik Azamat Ziyo Eronning O‘zbekistondagi elchisi Muhammadali Iskandariy bilan muzokaralar o‘tkazdi. Unda ikki mamlakat tarixchilari o‘rtasida samarali aloqalarni yo‘lga qo‘yish, ilmiy tadbirlar tashkil etish masalasi ko‘rib chiqildi.Uchrashuvda quyidagilar muhokama qilindi:Shuningdek, kelgusi rejalar bo‘yicha "yo‘l xaritasi" tuzib, aniq natijaga ishlash yuzasidan kelishib olindi.Ma’lumot uchun, hozirda O‘zbekistonda ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan 30 mingdan ortiq tadqiqotchilarning yarmidan ortig‘ini aynan yoshlar tashkil etadi.Amir Temur haqida o‘zbek tilidagi eng eski qo‘lozma aniqlandi"Xamsa" dostoni tojik tiliga tarjima qilinadi
https://oz.sputniknews.uz/20230617/ozbekiston-qatar-ozbek-allomalari-qolyozmalar-36043552.html
o‘zbekiston
eron
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/09/40864206_0:0:2730:2048_1920x0_80_0_0_f877bebdb26a3a24623147d01a5629b6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston eron tarixchilar o‘zbek xalqi hujjat
o‘zbekiston eron tarixchilar o‘zbek xalqi hujjat
O‘zbekiston Eronda saqlanayotgan o‘zbek xalqi tarixiga doir hujjatlarni o‘rganadi
O‘zbekiston va Eron tarixchilari o‘rtasida samarali aloqalar yo‘lga qo‘yiladi.
TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Eronda saqlanayotgan o‘zbek xalqiga tegishli tarixiy hujjatlarni aniqlaydi, deya xabar berdi
Fanlar akademiyasi. Tarix instituti direktori, akademik Azamat Ziyo Eronning O‘zbekistondagi elchisi Muhammadali Iskandariy bilan muzokaralar o‘tkazdi. Unda ikki mamlakat tarixchilari o‘rtasida samarali aloqalarni yo‘lga qo‘yish, ilmiy tadbirlar tashkil etish masalasi ko‘rib chiqildi.
Uchrashuvda quyidagilar muhokama qilindi:
Eronda saqlanayotgan, o‘zbek xalqi va davlatchiligi tarixiga doir manbalar, hujjatlarni aniqlash va ilmiy muomalaga kiritish;
qo‘lozmalarni o‘qish salohiyatiga ega tarixchi mutaxassislarni tayyorlash;
tegishli ilmiy adabiyotlar, dissertatsiyalar, manbalarning elektron shaklini Tarix institutiga taqdim etish;
qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish.
Shuningdek, kelgusi rejalar bo‘yicha "yo‘l xaritasi" tuzib, aniq natijaga ishlash yuzasidan kelishib olindi.
Ma’lumot uchun, hozirda O‘zbekistonda ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan 30 mingdan ortiq tadqiqotchilarning yarmidan ortig‘ini aynan yoshlar
tashkil etadi.