O‘zbekiston Uganda bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi

© Press-slujba MID UzbekistanaUzbekistan ustanovil diplomaticheskie otnosheniya s Ugandoy
Uzbekistan ustanovil diplomaticheskie otnosheniya s Ugandoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.01.2024
Obuna bo‘lish
Uganda O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 145-davlat bo‘ldi.
TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Uganda bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi. Bu haqda tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Uganda O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 145-davlat bo‘ldi.
Joriy yilning 18-yanvar kuni Kampala shahrida (Uganda) O‘zbekiston va Uganda o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida Qo‘shma kommunike imzolandi.
Ikki mamlakat hukumatlari nomidan hujjatni O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev va Uganda tashqi ishlar vaziri Jeje Odongo imzoladi.
Suhbat chog‘ida tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga o‘zaro tayyor ekanliklarini bildirdi.
Uganda TIV rahbari Markaziy Osiyo davlatlari bilan do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlash ustuvor yo‘nalish etib belgilangan O‘zbekistonning tashqi siyosatini hamda prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan xalqaro miqyosda ilgari surilayotgan tashabbuslarni rasmiy Kampalada yuqori baholashlarini ta’kidladi.
Yangiliklar lentasi
0