Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

O‘tgan yilning 11 oyida YeOIIda sanoat ishlab chiqarishining o‘sishi 3,8 foizni tashkil etdi

© YeAESFlagi YeAES
Flagi YeAES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.01.2024
Obuna bo‘lish
Belarus sanoat ishlab chiqarishida eng katta o‘sishga erishdi - 7,9%. Eng past ko‘rsatkich Qirg‘izistonda - 1,8%.
TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlarida 2023-yilning yanvar-noyabr oylarida sanoat ishlab chiqarishining o‘sishi 2022-yilning shu davriga nisbatan 3,8 foizni tashkil etdi, deyiladi Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi saytida e’lon qilingan materiallarda.
Belarus sanoat ishlab chiqarishida eng katta o‘sishga erishdi - 7,9%. Eng past ko‘rsatkich Qirg‘izistonda - 1,8%.
Armanistonda sanoat ishlab chiqarishining o‘sishi 2,1 foizni, Rossiyada 3,6 foizni, Qozog‘istonda 4,3 foizni tashkil etdi.
Shu bilan birga, ushbu davrda Rossiya Federatsiyasining ulushi YeOII umumiy sanoat ishlab chiqarish hajmining 87,6 foizini, Qozog‘istonning ulushi - 7,1 foizi, Belarus - 4,4 foizi, Armaniston - 0,5 foizi va Qirg‘iziston 0,4 foizini tashkil etdi.
“2023 yilning yanvar-noyabr oylarida YeOII sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulushni ishlab chiqarish sanoati (65,7%) egalladi. Uning ulushi 2022-yilning yanvar-noyabriga nisbatan 1,9 foiz punktga oshdi”, - deyiladi tahliliy sharhda.
Ittifoqning yalpi ichki mahsuloti hisobot davrida 3,3 foizga o‘sdi. Bu ko‘rsatkichning o‘sishi bo‘yicha Armaniston yetakchilik qilmoqda – 9,3 foiz, Qozog‘istonda – 4,7 foiz, Qirg‘izistonda – 4,2 foiz, Belarusda – 3,6 foiz, Rossiyada – 3 foiz.
2023 yilning yanvar-noyabr oylarida YeOIIga a’zo davlatlar transportining barcha turlari bo‘yicha yuk aylanmasi 5,6 trillion tonna-kilometrni tashkil etdi. Bu davrda u Qirg‘iziston (+8,6%) va Qozog‘istonda (+3,1%) o‘sdi.
2023 yilning 11 oyida YeOIIga a’zo davlatlarning yo‘lovchi aylanmasi 2022-yilning shu davriga nisbatan 12,9 foizga oshib, 561,9 milliard yo‘lovchi kilometrni tashkil etdi.
Yo‘lovchi aylanmasi ko‘rsatkichlari Armanistonda (+72,1%), Rossiyada (+13%), Qozog‘istonda (+11,2%), Qirg‘izistonda (+8,6%) va Belarusda (+8,4%).
YeOIIda ro‘yxatga olingan ishsizlik darajasi ishchi kuchining 0,9 foizini tashkil etdi.
Yangiliklar lentasi
0