Milliy qonunchilik normalarini JST bitimlariga uyg‘unlashtiruvchi qonun ma’qullandi

© Senat Oliy Majlisa Natsionalnie pravovie normi garmoniziruyutsya s soglasheniyami Vsemirnoy torgovoy organizatsii
Natsionalnie pravovie normi garmoniziruyutsya s soglasheniyami Vsemirnoy torgovoy organizatsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.01.2024
Obuna bo‘lish
Qonunga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalarga asosan chet elda ishlab chiqarilgan pivoni, tabiiy va ko‘piklanadigan vinolarni reklama qilish yuzasidan cheklov bekor qilinib, bu bilan bozorda raqobat muhitini yuzaga kelishiga zamin yaratilmoqda.
TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. Oliy Majlis Senatining qirq to‘qqizinchi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligini Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun ma’qullandi.
Qonunda intellektual mulk, reklama va davlat boji bilan bog‘liq bo‘lgan milliy qonunchilikning qator normalarini Jahon savdo tashkilotining talablariga uyg‘unlashtirish maqsadida “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi, “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi, “Reklama to‘g‘risida”gi, “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi va “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi nazarda tutilgan.
© Senat Oliy Majlisa Natsionalnie pravovie normi garmoniziruyutsya s soglasheniyami Vsemirnoy torgovoy organizatsii
Natsionalnie pravovie normi garmoniziruyutsya s soglasheniyami Vsemirnoy torgovoy organizatsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.01.2024
Xususan, “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilayotgan o‘zgartirish yillar davomida sanoat ishlab chiqarishga joriy qilinmagan ixtirolarni yoki foydali modellarni amaliyotga joriy qilinishini ta’minlashga, yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishga va bozorni to‘ldirishga xizmat qiladi.
Bundan tashqari, “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun Jahon savdo tashkilotining Xizmatlar savdosi bo‘yicha bosh bitimida nazarda tutilgan meyorlar bilan o‘zaro muvofiqlashtirilib, erkin raqobat muhitining yaratilishi ko‘zda tutilgan.
Qonunga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalarga asosan chet elda ishlab chiqarilgan pivoni, tabiiy va ko‘piklanadigan vinolarni reklama qilish yuzasidan cheklov bekor qilinib, bu bilan bozorda raqobat muhitini yuzaga kelishiga zamin yaratilmoqda.
“Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunga ham Jahon savdo tashkiloti bitimlaridan kelib chiqib, qo‘shimcha meyorlar kiritilayotgan bo‘lib, unga ko‘ra farmatsevtika sohasiga klinik tadqiqotlardan oldingi va klinik tadqiqotlar natijalari bo‘yicha olingan ma’lumotlarni samarali himoya qilish mexanizmini joriy qilish orqali original dori vositalar ishlab chiqaruvchilarning huquqi himoya qilinmoqda.
© Senat Oliy Majlisa Natsionalnie pravovie normi garmoniziruyutsya s soglasheniyami Vsemirnoy torgovoy organizatsii
Natsionalnie pravovie normi garmoniziruyutsya s soglasheniyami Vsemirnoy torgovoy organizatsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.01.2024
Natsionalnie pravovie normi garmoniziruyutsya s soglasheniyami Vsemirnoy torgovoy organizatsii
“Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunga xorijiy investitsiyali hamda mahalliy korxonalarga bir xilda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga qaratilgan o‘zgatirishlar kiritilmoqda. Ya’ni chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun davlat boji stavkasi bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 1 barobarigacha tushirilmoqda.
Qonunda ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalarini huquqiy muhofaza qilish uchun patent berishga, rasmiy ekspertiza o‘tkazishga va ma’lumotlarni e’lon qilishga talabnoma berish uchun davlat bojlari miqdorlari Intellektual mulkning savdo jihatlari bo‘yicha JST bitimi talablariga uyg‘unlashtirilmoqda.
Senatorlarning fikricha, mazkur Qonunning qabul qilinishi milliy qonunchilikni Jahon savdo tashkiloti bitimlari talablariga muvofiqlashtirish orqali O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayonining jadallashishiga hamda intellektual mulk obyektlarining himoya qilinishini ta’minlashga, O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy investorlarga bir xil shart-sharoitlar hamda teng raqobat muhiti yaratilishiga xizmat qiladi.
Muhokamadan so‘ng senatorlar ushbu Qonunning dolzarbligi va zarurligini e’tiborga olib, uni ma’qulladilar.
Yangiliklar lentasi
0