Xitoy 2023-yilda eng yirik avtomobil eksportchisiga aylanadi

© Sputnik / Kirill Braga / Mediabankka o‘tishKitayskie avtomobili. Illyustrativnoe foto
Kitayskie avtomobili. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.01.2024
Obuna bo‘lish
Faqat Rossiyaning o‘ziga Xitoy 2023-yilda 800 ming avtomobil eksport qildi.
TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. 2023 yil natijalariga ko‘ra, Xitoy dunyodagi eng yirik avtomobil eksportchisiga aylanadi, dedi XXR sanoat va axborot texnologiyalari vazirligi rahbari o‘rinbosari Sin Gobin. RIA Novosti xabariga asosan.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 2023-yil davomida Xitoy jami 5,26 milliondan ortiq avtomobil sotgan. Shu kunga qadar yetakchi bo‘lgan Yaponiya avtomobil eksporti hajmi esa taxminan 4,3 million dona bo‘lishi kutilmoqda.
Shu bilan birga, dunyoda eng yirik bo‘lgan Xitoyning ichki avtomobil bozori ham ildam rivojlanmoqda. Xitoy avtomobil ishlab chiqaruvchilari 2023-yil boshidan buyon mamlakat ichida 21,9 milliondan ortiq avtomobil sotgan.
Yana bir e’tiborli jihati, Xitoy ichki bozorida elektromobillar va gibrid avtomobillar savdosi ham ildam o‘smoqda. Bugungi kunda ularning ulushi 35% ga yetgan.
Yangiliklar lentasi
0