Krasniy Limanda tank qo‘shinlari dushmanni o‘qqa tutdi — video

Obuna bo‘lish
Rossiya tank qo‘shinlari dushmanning qo‘shinlar almashuvi, o‘q-dori yetkazib berish va pozitsiyalarni mustahkamlashni sezilarli darajada qiyinlashtirmoqda.
TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. Rossiyaning "Markaz" qo‘shinlar guruhi tankchilari Krasniy Liman yo‘nalishidagi nishonini yo‘q qildi.
Ukraina qurollli kuchlari guruhi joylashgan joyi haqida ma’lumot olgan tank vzvodlari tezkorlik bilan o‘q otish pozitsiyasiga chiqib, dushmanga zarba berdi.
Tank qo‘shinlarining harakatlari dushman tomonidan sezilmadi va natijada UQK bo‘linmalari o‘q-dorilar ombori va mustahkamlangan pozitsiyalarni yo‘qotdi.
“3-4ta tankdan bir vaqtda o‘t ochganda juda katta maydon qoplanadi. Ya’ni bir nuqtani aniq nishonga olishning hojati yo‘q, snaradlarning tarqalishi ancha katta. Bunday zarba uslubida biz bir zalpda 500 x 500 metr maydonni qamrab olamiz", - dedi "Meren" chaqiruv belgili tank vzvodi komandiri.
Tank qo‘shinlari dushman pozitsiyalarini doimiy ravishda o‘qqa tutib kelmoqda. Bu dushmanga qo‘shinlar almashuvi, o‘q-dori yetkazib berishni va pozitsiyalarni mustahkamlashni sezilarli darajada qiyinlashtiradi.
Yangiliklar lentasi
0