https://oz.sputniknews.uz/20240118/sergey-lavrovning-yil-yakunlariga-bagishlangan-anjumanidan-asosiy-xulosalar-42107837.html
Sergey Lavrovning yil yakunlariga bag‘ishlangan anjumanidan asosiy xulosalar
Sergey Lavrovning yil yakunlariga bag‘ishlangan anjumanidan asosiy xulosalar
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiya diplomatiyasining 2023-yildagi faoliyati yakuni bo‘yicha matbuot anjumanida bildirgan fikrlar. 18.01.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-01-18T21:36+0500
2024-01-18T21:36+0500
2024-01-18T21:36+0500
rossiya
rossiya tiv
sergey lavrov
bayonot
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/01/12/42097674_0:0:3207:1805_1920x0_80_0_0_2d148e926965800effaafbbd0abfed70.jpg
TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. Bugun Lavrov o‘tgan yil yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazdi. Unda qator rossiyalik va xorijiy jurnalistlar ishtirok etishdi.Lavrov bayonotlarida bildirilgan asosiy fikrlar.YeOII faoliyati - Yevroosiyo mintaqasida integratsiyasini chuqurlashtirishga qaratilgan. Bu yo‘lda tashkilot ShHT va Xitoyning “Bir kamar bir yo‘l” tashabbuslari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga tayyor. Tolibon* o‘z va’dalarini bajarishi kerak. "Bu, birinchi navbatda - inklyuziv hukumat yaratish. Ikkinchi nuqta – bu shimoldagi Milliy qarshilik fronti bilan qandaydir ko‘priklar qurish kerak." G‘arb “zanjirlaridan” qutulish - Rossiyaning asosiy maqsadidir. Ya’ni, G‘arb tomonidan boshqariladigan barcha logistika va bank tizimi va boshqa sohalardagi zanjirlariga qaram bo‘lish zaruratidan xalos bo‘lish. Isroil va Falastin o‘rtasida faqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot kerak. Hozircha Qo‘shma Shtatlar, Isroil va ayrim arab davlatlari orasida "yarim yopiq" kelishuvlar bor xolos. Yamanni bombardimon qilish uchun hech qanday sabab yo‘q, Liviya bilan ham shunday edi. Vashingtonning o‘z harakatlarini oqlovchi bayonotlari – shunchaki achinarli ko‘rinadi. Ukraina mojarosi. G‘arb Moskva va Kevning to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotini istamaydi. Yetti yil oldin imzolangan Minsk shartnomalari amalga oshganida – mojaro hal bo‘lardi. Ikki yil odin ham Kiyev tinchlik shartnomasini imzolashga tayyor edi, lekin Boris Jonson bunga yo‘l qo‘ymadi. G‘arb tinchlikdan manfaatdor emas. Ozarbayjon-Armaniston mojarosi. Boku Yerevan bilan Moskvada tinchlik shartnomasi imzolashga tayyor, lekin Armaniston fikri noma’lum. Pashinyan hukumat boshiga kelmasdan oldin ushbu ikki davlat orasida hamma narsa tinchlik shartnomasi yo‘nalishida ketayotgan edi. *Terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostidagi tashkilot.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/01/12/42097674_244:0:2975:2048_1920x0_80_0_0_7352dbbe2483e6538b36b985a5a61235.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, rossiya tiv, sergey lavrov, bayonot
rossiya, rossiya tiv, sergey lavrov, bayonot
Sergey Lavrovning yil yakunlariga bag‘ishlangan anjumanidan asosiy xulosalar
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiya diplomatiyasining 2023-yildagi faoliyati yakuni bo‘yicha matbuot anjumanida bildirgan fikrlar.
TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. Bugun Lavrov o‘tgan yil yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazdi. Unda qator rossiyalik va xorijiy jurnalistlar ishtirok etishdi.
Lavrov bayonotlarida bildirilgan asosiy fikrlar.
YeOII faoliyati - Yevroosiyo mintaqasida integratsiyasini chuqurlashtirishga qaratilgan. Bu yo‘lda tashkilot ShHT va Xitoyning “Bir kamar bir yo‘l” tashabbuslari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga tayyor.
Tolibon* o‘z va’dalarini bajarishi kerak. "Bu, birinchi navbatda - inklyuziv hukumat yaratish. Ikkinchi nuqta – bu shimoldagi Milliy qarshilik fronti bilan qandaydir ko‘priklar qurish kerak."
G‘arb “zanjirlaridan” qutulish - Rossiyaning asosiy maqsadidir. Ya’ni, G‘arb tomonidan boshqariladigan barcha logistika va bank tizimi va boshqa sohalardagi zanjirlariga qaram bo‘lish zaruratidan xalos bo‘lish.
Isroil va Falastin o‘rtasida faqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot kerak. Hozircha Qo‘shma Shtatlar, Isroil va ayrim arab davlatlari orasida "yarim yopiq" kelishuvlar bor xolos.
Yamanni bombardimon qilish uchun hech qanday sabab yo‘q, Liviya bilan ham shunday edi. Vashingtonning o‘z harakatlarini oqlovchi bayonotlari – shunchaki achinarli ko‘rinadi.
Ukraina mojarosi. G‘arb Moskva va Kevning to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotini istamaydi. Yetti yil oldin imzolangan Minsk shartnomalari amalga oshganida – mojaro hal bo‘lardi. Ikki yil odin ham Kiyev tinchlik shartnomasini imzolashga tayyor edi, lekin Boris Jonson bunga yo‘l qo‘ymadi. G‘arb tinchlikdan manfaatdor emas.
Ozarbayjon-Armaniston mojarosi. Boku Yerevan bilan Moskvada tinchlik shartnomasi imzolashga tayyor, lekin Armaniston fikri noma’lum. Pashinyan hukumat boshiga kelmasdan oldin ushbu ikki davlat orasida hamma narsa tinchlik shartnomasi yo‘nalishida ketayotgan edi.
*Terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostidagi tashkilot.