https://oz.sputniknews.uz/20240118/pokiston-42100659.html
Pokiston armiyasini yuqori jangovar shaylik holatiga keltirdi
Pokiston armiyasini yuqori jangovar shaylik holatiga keltirdi
Sputnik O‘zbekiston
Xavfsizlik kuchlarining ismini oshkor etmagan vakili Eron tomonidan har qanday fitnaga harbiy javob berilishini qo‘shimcha qilgan. 18.01.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-01-18T18:41+0500
2024-01-18T18:41+0500
2024-01-18T18:41+0500
pokiston
eron
hujum
harbiylar
harbiy
chegara
dunyoda
dunyo yangiliklari
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/01/12/42105795_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_a107ba3bd2e68c2b620fe14bf365beed.jpg
TOShKENT, 18 yanv – Sputnik. Pokiston Eron bilan ziddiyatli vaziyat sabab armiyasini shay holatga keltirdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi, deya yozadi RIA Novosti.Xavfsizlik kuchlarining ismini oshkor etmagan vakili Eron tomonidan har qanday fitnaga harbiy javob berilishini qo‘shimcha qilgan.Pokiston bugun Eronning Siston va Balujiston viloyatidagi terrorchilar boshpanalariga bir qator zarbalar berganini e’lon qildi. Qayd etilishicha, nishon Eron ichidagi nazoratsiz hududlarda o‘zlarini "sarmacharlar" deb atagan pokistonlik terrorchilar bo‘lgan.Viloyat rasmiylari, o‘z navbatida, Pokiston zarbalari qurbonlari Eron fuqarosi bo‘lmagan uch ayol va to‘rt nafar bola, shuningdek, ikki erkak ekanini aytdi.Seshanba kuni Eron Islom inqilobi qo‘riqchilarining elita korpusi “Jaysh al-Adl” terrorchilik guruhining Balujistondagi bazasiga ballistik raketa va dronlardan zarba berganidan so‘ng ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashdi.Islomobod hujumni keskin qoraladi va elchini chaqirib oldi, bu Eron diplomatik missiyasi rahbari ham hozircha Pokistondagi faoliyatini davom ettira olmasligini ko‘rsatdi.Bundan tashqari, seshanbaga o‘tar kechasi IISK Iroq Kurdistoni poytaxti Erbil shahriga, AQSh konsulligi va xalqaro aeroport hududida ballistik raketa hujumlarini amalga oshirdi. Tehron xabar berishicha, nishon "Mossad” Isroil tashqi razvedka xizmati asosiy shtab-kvartiralaridan biri" bo‘lgan.
https://oz.sputniknews.uz/20240118/eron-pokiston-42089419.html
pokiston
eron
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/01/12/42105795_284:0:3015:2048_1920x0_80_0_0_a4a55a88f7a01f01d088001d1ec48e17.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
pokiston, eron, hujum, harbiylar, harbiy, chegara, dunyoda, dunyo yangiliklari
pokiston, eron, hujum, harbiylar, harbiy, chegara, dunyoda, dunyo yangiliklari
Pokiston armiyasini yuqori jangovar shaylik holatiga keltirdi
Xavfsizlik kuchlarining ismini oshkor etmagan vakili Eron tomonidan har qanday fitnaga harbiy javob berilishini qo‘shimcha qilgan.
TOShKENT, 18 yanv – Sputnik. Pokiston Eron bilan ziddiyatli vaziyat sabab armiyasini shay holatga keltirdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi, deya
yozadi RIA Novosti.
“Pokiston qurolli kuchlari yuqori shaylik holatga keltirildi”, — deyiladi xabarda.
Xavfsizlik kuchlarining ismini oshkor etmagan vakili Eron tomonidan har qanday fitnaga harbiy javob berilishini qo‘shimcha qilgan.
Pokiston bugun Eronning Siston va Balujiston viloyatidagi terrorchilar boshpanalariga bir qator zarbalar berganini e’lon qildi. Qayd etilishicha, nishon Eron ichidagi nazoratsiz hududlarda o‘zlarini "sarmacharlar" deb atagan pokistonlik terrorchilar bo‘lgan.
Viloyat rasmiylari, o‘z navbatida, Pokiston zarbalari qurbonlari Eron fuqarosi bo‘lmagan uch ayol va to‘rt nafar bola, shuningdek, ikki erkak ekanini aytdi.
Seshanba kuni Eron Islom inqilobi qo‘riqchilarining elita korpusi “Jaysh al-Adl” terrorchilik guruhining Balujistondagi bazasiga ballistik raketa va dronlardan zarba berganidan so‘ng ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashdi.
Islomobod hujumni keskin qoraladi va elchini chaqirib oldi, bu Eron diplomatik missiyasi rahbari ham hozircha Pokistondagi faoliyatini davom ettira olmasligini ko‘rsatdi.
Bundan tashqari, seshanbaga o‘tar kechasi IISK Iroq Kurdistoni poytaxti Erbil shahriga, AQSh konsulligi va xalqaro aeroport hududida ballistik raketa hujumlarini amalga oshirdi. Tehron xabar berishicha, nishon "Mossad” Isroil tashqi razvedka xizmati asosiy shtab-kvartiralaridan biri" bo‘lgan.