Endi O‘zbekistonning kurort zonalarida zargarlik mahsulotlari va oltin quymalar sotiladi
© SputnikUZBEK JEWELLERY FAIR-2023 ko‘rgazmasi, arxiv surat.
© Sputnik
Obuna bo‘lish
Prezidentga zargarlik va oltin mahsulotlari uchun asbob-uskunalar va texnologiyalarni bojxona bojidan ozod qilish taklif etildi.
TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. “Zomin”, “Chimon” va “Amirsoy” kabi kurort zonalarda zargarlik mahsulotlari va oltin quymalar do‘konlari tashkil etiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi xorijiy turistlar oqimini oshirish hamda ichki turizmni faollashtirishga oid taqdimotda ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, sayyohlik salohiyati yuqori bo‘lgan 12 ta tuman va shaharda turizm markazlari tashkil etish ko‘zda tutilmoqda. Bunday markazlarda tunu kun ishlaydigan restoran, kafe, sog‘lomlashtirish va basseyn xizmatlari bo‘ladi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaTurizm imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi
Turizm imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi
“Zomin, Chimon va Amirsoy kabi kurort zonalari hamda ko‘ngilochar majmualarda xalqaro brendlar, milliy ipak matolari, suvenir, zargarlik mahsulotlari va oltin quymalar do‘konlari tashkil etiladi. Buning uchun 2027-yil 1-yanvargacha turizm markazlaridagi tadbirkorlarning yer va mol-mulk solig‘ini belgilangan miqdordan 90 foizga kamaytirish, 2026-yil 1-martgacha zargarlik va oltin mahsulotlari uchun kerak bo‘ladigan asbob-uskunalar va texnologiyalarni bojxona bojidan ozod qilish taklif etilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, shu yildan boshlab, “O‘zbekistonda yana bir kun sayohat” dasturi amalga oshiriladi. Unga ko‘ra, viloyatlararo turizm obyektlarini o‘zaro bog‘lovchi “respublika turizm halqalari” hamda tuman va shaharlar o‘rtasida “hududiy turizm halqalari” tashkil etiladi. Turizm qo‘mitasi tomonidan Turistik yo‘nalishlarning yagona reyestri yuritiladi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaTurizm imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi
Turizm imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi
“To‘rt faslning har birida sayohat dasturi amalga oshiriladi. Masalan, bahor va kuz fasllarida ekologik, ekstremal, tibbiy va sog‘lomlashtirish, yozda suv havzalari va oromgohlar, qishda ekstremal turizm va tog‘-chang‘i zonalarining imkoniyatlari targ‘ib qilinadi. Mazkur turizm mavsumlarining ochilishi uchun festivallar tashkil etiladi”, — deyilgan xabarda.
Taqdimotda quyidagi takliflar berildi:
Har ikki yilda may oyida mukofot jamg‘armasi 2 million dollar bo‘lgan Xalqaro “O‘zbekiston ipak matolari” moda haftaligi o‘tkaziladi.
Mamlakatning turizm salohiyatini chet ellarda targ‘ib qilish uchun Turizm qo‘mitasining “turizm vakillari” instituti joriy etiladi.
Hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash, tibbiyot turizmini rivojlantirish, turizm ta’limiga xalqaro tajribani joriy qilish choralari ko‘riladi.
Hududlarda kemping, o‘tov, ekouy va xostellar, mehmonxonalarda basseyn qurish uchun imtiyozli kreditlar ajratiladi. Sohadagi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida mehmonxona va savdo majmualari, basseyn va akvaparklar uchun asbob-uskuna va jihozlar 2-yilga bojxona bojlari to‘lashdan ozod etiladi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaTurizm imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi
Turizm imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi
Davlat rahbari bu takliflarni ma’qulladi. Ekoturizmni yanada keng rivojlantirish, nogironligi bo‘lgan shaxslar sayohati uchun ham zarur sharoitlarni yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.