Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOII Yevroosiyo integratsiyasini chuqurlashtirish bo‘yicha muhim qarorlar qabul qildi — Lavrov

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishMinistr inostrannix del RF Sergey Lavrov. Arxivnoe foto
Ministr inostrannix del RF Sergey Lavrov. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.01.2024
Obuna bo‘lish
Lavrov: Yevroosiyodagi xavfsizlik masalalari mintaqadan tashqari o‘yinchilarsiz hal qilinishi kerak.
TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. YeOII Yevroosiyo integratsiyasini chuqurlashtirishga qaratilgan muhim qarorlar qabul qildi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi.
Sergey Lavrov 2023-yilgi tashqi siyosat natijalariga bag‘ishlangan katta matbuot anjumani o‘tkazmoqda. Unda Rossiya TIV rahbari “Bir kamar – bir yo‘l” loyihasi bilan jarayonlar integratsiyasi, ShHT, ASEAN va Yevroosiyo qit’asida joylashgan boshqa tuzilmalar va davlatlar bilan o‘zaro hamkorlikni ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevroosiyodagi xavfsizlik masalalari mintaqadan tashqi o‘yinchilarsiz hal qilinishi kerak.
“O‘zaro manfaatli iqtisodiy loyihalardan tashqari, boshqa omillardan qat’i nazar, shu asosda Yevroosiyoda harbiy-siyosiy xavfsizlikni ta’minlash muhim ahamiyatga ega, albatta.Biz bu vazifani qit’a davlatlari tomonidan mintaqadan tashqari davlatlar ushbu jarayonlarga o‘zlarini kiritishga urinishlarisiz, ta’bir joiz bo‘lsa, o‘z ustavi bilan hal qilinishini yoqlaymiz”, — dedi Lavrov.
Shuningdek, u o‘z so‘zida 30 ga yaqin davlat BRIKS bilan yaqinlashishdan manfaatdor, assotsiatsiyaning kelajagi juda porloq, Rossiya, o‘z navbatida, yangi BRIKS a’zolari tuzilma ishiga mos kelishini ta’minlashga e’tibor qaratishini qayd etib o‘tdi.
Yangiliklar lentasi
0