https://oz.sputniknews.uz/20240117/tibbiyot-ipakchilik-zargarlik-kuvayt-tabirkorlar-fargona-42077278.html
Tibbiyot, ipakchilik va zargarlik: kuvaytlik tadbirkorlar Farg‘onada yangi loyiha boshlashmoqda
Tibbiyot, ipakchilik va zargarlik: kuvaytlik tadbirkorlar Farg‘onada yangi loyiha boshlashmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Farg‘ona viloyati hokimi Kuvaytning “Gulf Care General Trade” hamda “Energy Solutions” kompaniyalari boshqaruv kengashi raisi bilan uchrashdi.
2024-01-17T15:00+0500
2024-01-17T15:00+0500
2024-01-17T15:00+0500
iqtisod
o‘zbekiston
kuvayt
investitsiya
farg‘ona viloyati
hamkorlik
tibbiyot muassasi
xayrullo bozorov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/01/11/42077497_139:182:1242:803_1920x0_80_0_0_42bd042b090cd0312346b6974f9c0efb.jpg
TOShKENT, 17 yanv — Sputnik. Kuvaytlik tadbirkorlar Farg‘onada yangi loyiha boshlashdi, hamkorlikning dastlabki bosqichi tibbiyot sohasida. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Kuvaytning “Gulf Care General Trade” hamda “Energy Solutions” kompaniyalari boshqaruv kengashi raisi Eyad al-Saleh boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.Shuningdek, kuvaytlik investor Farg‘onada yirik ipakni qayta ishlash loyihasini ishga tushirib, ipak matolari va mahsulotlarining eksportini yo‘lga qo‘ymoqchi ekanligini ma’lum qildi.Ma’lumot uchun, sheyx Eyad al-Saleh neft va gaz, energetika, tibbiyot, farmatsevtika, qurilish, ipakchilik, tog‘-kon sanoati, metallurgiya yo‘nalishlarida dunyoning turli davlatlaridagi 20 ga yaqin kompaniyaning sohibi sanaladi.Uning kompaniyalari negizidagi klinikalarning yuqori malakali shifokorlari 8 kun davomida Farg‘ona viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 28 ta yuqori texnologik murakkab jarrohlik amaliyotlari, shu jumladan, intervension kardiologik amaliyotlarni bepul o‘tkazishdi.
o‘zbekiston
kuvayt
farg‘ona viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/01/11/42077497_230:73:1216:812_1920x0_80_0_0_878ad5e1d50d0b32ddd8b1c751f55e9d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
farg‘ona viloyati hokimi kuvayt “gulf care general trade” “energy solutions”
farg‘ona viloyati hokimi kuvayt “gulf care general trade” “energy solutions”
Tibbiyot, ipakchilik va zargarlik: kuvaytlik tadbirkorlar Farg‘onada yangi loyiha boshlashmoqda
Farg‘ona viloyati hokimi Kuvaytning “Gulf Care General Trade” hamda “Energy Solutions” kompaniyalari boshqaruv kengashi raisi bilan uchrashdi.
TOShKENT, 17 yanv — Sputnik. Kuvaytlik tadbirkorlar Farg‘onada yangi loyiha boshlashdi, hamkorlikning dastlabki bosqichi tibbiyot sohasida. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati
xabar berdi. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Kuvaytning “Gulf Care General Trade” hamda “Energy Solutions” kompaniyalari boshqaruv kengashi raisi Eyad al-Saleh boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
“Kuvaytlik tadbirkor Farg‘ona viloyatida yaqin vaqtlar ichida davlat tibbiyot muassasasi uchun diagnostika-laboratoriyasini tashkil etish va jihozlash loyihasini beg‘araz amalga oshirish istagi borligini ma’lum qildi. Loyiha uchun respublika ixtisoslashgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy markazi Farg‘ona viloyati filialida bino ajratiladigan bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, kuvaytlik investor Farg‘onada yirik ipakni qayta ishlash loyihasini ishga tushirib, ipak matolari va mahsulotlarining eksportini yo‘lga qo‘ymoqchi ekanligini ma’lum qildi.
"Uning ipakchilik, zargarlik, tog‘-kon sanoati kabi yo‘nalishlardagi loyihalarini amalga oshirishi uchun viloyatda barcha imkoniyatlar yaratib beriladi", — deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, sheyx Eyad al-Saleh neft va gaz, energetika, tibbiyot, farmatsevtika, qurilish, ipakchilik, tog‘-kon sanoati, metallurgiya yo‘nalishlarida dunyoning turli davlatlaridagi 20 ga yaqin kompaniyaning sohibi sanaladi.
Uning kompaniyalari negizidagi klinikalarning yuqori malakali shifokorlari 8 kun davomida Farg‘ona viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 28 ta yuqori texnologik murakkab jarrohlik amaliyotlari, shu jumladan, intervension kardiologik amaliyotlarni bepul o‘tkazishdi.