https://oz.sputniknews.uz/20240117/garbiy-koalitsiya-yaman-tinch-odamlar-olim-zaxarova-42074053.html
AQShning Yamanni bombardimon qilishdan maqsadi nima edi — Zaxarova fikri
AQShning Yamanni bombardimon qilishdan maqsadi nima edi — Zaxarova fikri
Sputnik O‘zbekiston
Zaxarova: G‘arb har qanday ob’ektlarni - harbiy, fuqarolik, ijtimoiy ob’ektlarni bombardimon qilishga odatlangan.
2024-01-17T13:14+0500
2024-01-17T13:14+0500
2024-01-17T13:14+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
rossiya
mariya zaxarova
yaman
g‘arb
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/01/40570612_535:13:2922:1356_1920x0_80_0_0_6af950d1600e7e2e55e0d1afa5db11df.jpg
TOShKENT, 17 yanv — Sputnik. G‘arbiy koalitsiya Yaman va boshqa mamlakatlarda tinch aholining o‘limini hisobga olmaydi, chunki u tarixni qayta yozishga umid qilmoqda. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Sputnik radiosiga bergan intervyusida ma’lum qildi.Uning so‘zlariga ko‘ra, buning sababi g‘arbliklarning “keyin bo‘lsa, har qanday belgini o‘chirib tashlashlarini, tarix darsligini yoqib yuborishlarini, haqiqatdan dalolat beradigan har qanday obidani buzib tashlashlarini bilishadi, shuningdek, ular soxta yodgorlik o‘rnatishadi, yolg‘on darslik yozishadi. Ularga "bugun nima bo‘lishi muhim emas”.O‘tgan hafta AQSh va Buyuk Britaniya Yaman shimolida hukmronlik qilayotgan va Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan shia harakati “Ansor Alla” (husiylar) nishonlariga zarbalar berdi. “Ansor Alla” oliy siyosiy kengashi a’zosi Muhammad Ali al-Husi hujumlarni terroristik vahshiylik, qasddan va asossiz tajovuz sifatida baholadi.
https://oz.sputniknews.uz
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/01/40570612_518:0:2922:1803_1920x0_80_0_0_a958cef468fef1700f9ef5c25eb6ec19.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
zaxarova g‘arb harbiy fuqarolik ijtimoiy obyektlar bombardimon
zaxarova g‘arb harbiy fuqarolik ijtimoiy obyektlar bombardimon
AQShning Yamanni bombardimon qilishdan maqsadi nima edi — Zaxarova fikri
Zaxarova: G‘arb har qanday obyektlarni - harbiy, fuqarolik, ijtimoiy obyektlarni bombardimon qilishga odatlangan.
TOShKENT, 17 yanv — Sputnik. G‘arbiy koalitsiya Yaman va boshqa mamlakatlarda tinch aholining o‘limini hisobga olmaydi, chunki u tarixni qayta yozishga umid qilmoqda. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova
Sputnik radiosiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Ular har qanday nishonlarni - harbiy, fuqarolik, ijtimoiy obyektlarni bombardimon qilish zarurligiga o‘rganib qolgan. Ularga tarixning qaysi tomonida ekanligi, tinch aholi bor-yo‘qligi, qancha ayollar, bolalar va qariyalar borligining ahamiyati yo‘q. Davolanayotgan harakatsiz odamlarni u yerdan olib chiqish mumkinmi, muhim emas. Ular mutlaqo farqi yo‘q va ularga har doim farqi yo‘q bo‘lgan, tarixan ularga farqi yo‘q”, — dedi Zaxarova.
Uning so‘zlariga ko‘ra, buning sababi g‘arbliklarning “keyin bo‘lsa, har qanday belgini o‘chirib tashlashlarini, tarix darsligini yoqib yuborishlarini, haqiqatdan dalolat beradigan har qanday obidani buzib tashlashlarini bilishadi, shuningdek, ular soxta yodgorlik o‘rnatishadi, yolg‘on darslik yozishadi. Ularga "bugun nima bo‘lishi muhim emas”.
“Ular o‘z manfaati, o‘z sharoiti – Yamanni bombardimon qilish orqali mintaqaning boshqa hududlaridagi muvaffaqiyatsizliklardan e’tiborni qanchalik chalg‘itishi mumkinligidan xavotirda. Ular o‘zlarining ichida, AQShda, birinchi navbatda, qandaydir faollik tuyg‘usini paydo qilishi qanchalar mumkin. Ular saylovchilarning ovoziga qanchalik ta’sir qilishi mumkin – mana nima ularni hozir tashvishga solmoqda”, — deya qayd etdi u.
O‘tgan hafta AQSh va Buyuk Britaniya Yaman shimolida hukmronlik qilayotgan va Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan shia harakati “Ansor Alla” (husiylar) nishonlariga zarbalar berdi. “Ansor Alla” oliy siyosiy kengashi a’zosi Muhammad Ali al-Husi hujumlarni terroristik vahshiylik, qasddan va asossiz tajovuz sifatida baholadi.