Xitoy kompaniyasi Ohangaronda jelatin ishlab chiqarish korxonasini qurmoqda

© Assotsiatsiya "Uzcharmsanoat" Kitayskaya kompaniya stroit zavod po proizvodstvu jelatina v Axangarane
 Kitayskaya kompaniya stroit zavod po proizvodstvu jelatina v Axangarane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.01.2024
Obuna bo‘lish
Korxona ishga tushishi bilan oyiga 600 tonna jelatin ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi.
TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. Xitoy kompaniyasi Ohangaronda jelatin ishlab chiqarish korxonasini qurmoqda, deya xabar berdi “O‘zcharmsanoat” uyushmasi.
“O‘zcharmsanoat” uyushmasi raisi Faxriddin Boboyev Xitoyning “Profit Max Plus” kompaniyasi rahbari Li Hong Chang boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
Qayd etilishicha, xitoylik investor Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida joylashgan erkin iqtisodiy zonada jelatin ishlab chiqarishga ixtisoslashgan invest loyihani amalga oshirmoqda. Uning umumiy qiymati 8 mln dollarga teng.
“Shu kunga qadar loyihaning 60 foiz qurilish ishlari o‘z nihoyasiga yetdi. 2,5 gektar yer maydonida amalga oshirilayotgan mazkur loyihaning ishga tushishi bilan oyiga 600 tonna jelatin ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi. Loyiha 2024-yilning 3-choragida ishga tushishi kutilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Uchrashuvda loyiha ishga tushishi bilan xom ashyoni yig‘ish, to‘plash va qayta ishlash bilan bog‘liq masalalar muhokama etildi. Xitoy tomoni O‘zbekistonda yana ikkita invest loyihani amalga oshirishga qaratilgan biznes tashabbuslar bilan o‘rtoqlashdi.
Yangiliklar lentasi
0