https://oz.sputniknews.uz/20240116/komir-qazib-chiqarish-22-foiz-oshirish-42056971.html
O‘zbekiston ko‘mir qazib chiqarish hajmini oshirishni rejalashtirmoqda
O‘zbekiston ko‘mir qazib chiqarish hajmini oshirishni rejalashtirmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Prezidentga geologiya sohasidagi natijalar va rejalar bo‘yicha axborot berildi.
2024-01-16T10:15+0500
2024-01-16T10:15+0500
2024-01-16T11:47+0500
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
ko‘mir mahsuloti
investitsiya
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/03/28762545_0:177:3072:1905_1920x0_80_0_0_6b1b56b04a088c5f01226457cf04fe7f.jpg
TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda ko‘mir qazib chiqarish hajmi 22 foizga oshirilishi kutilmoqda. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tgan geologiya sohasida qilingan ishlar va kelgusi rejalarga oid taqdimotda ma’lum qilindi. Aytilishicha, so‘nggi yillarda geologiya sohasiga yiliga 1 trillion so‘mdan mablag‘ ajratilib, zarur sharoitlar yaratilmoqda. Buning natijasida 31 ming kvadrat kilometr yangi hududlar o‘rganildi.Xususiy sektor uchun yaratilgan imkoniyatlar evaziga noruda konlarga investorlar jalb qilindi. Hozirda sohada 1 milliard 700 million dollarlik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.Lekin sohada hali foydalanilmagan imkoniyatlar ko‘p. Konlar va ularni o‘zlashtirish ko‘lamini kengaytirish mumkin.Aholi, ijtimoiy soha va sanoat tarmoqlari ehtiyojidan kelib chiqib, ko‘mir qazib chiqarish hajmini 22 foizga oshirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Ilg‘or xorijiy tajriba asosida, boyitish chiqindilarini qayta ishlash masalasiga ham e’tibor qaratildi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/03/28762545_472:0:3072:1950_1920x0_80_0_0_a857895fbe713091ee33857735e685ba.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
geologiya o‘zbekiston ko‘mir qazib chiqarish
geologiya o‘zbekiston ko‘mir qazib chiqarish
O‘zbekiston ko‘mir qazib chiqarish hajmini oshirishni rejalashtirmoqda
10:15 16.01.2024 (yangilandi: 11:47 16.01.2024) Prezidentga geologiya sohasidagi natijalar va rejalar bo‘yicha axborot berildi.
TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda ko‘mir qazib chiqarish hajmi 22 foizga oshirilishi kutilmoqda. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tgan geologiya sohasida qilingan ishlar va kelgusi rejalarga oid taqdimotda
ma’lum qilindi. Aytilishicha, so‘nggi yillarda geologiya sohasiga yiliga 1 trillion so‘mdan mablag‘ ajratilib, zarur sharoitlar yaratilmoqda. Buning natijasida 31 ming kvadrat kilometr yangi hududlar o‘rganildi.
Xususiy sektor uchun yaratilgan imkoniyatlar evaziga noruda konlarga investorlar jalb qilindi. Hozirda sohada 1 milliard 700 million dollarlik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.
Lekin sohada hali foydalanilmagan imkoniyatlar ko‘p. Konlar va ularni o‘zlashtirish ko‘lamini kengaytirish mumkin.
“Marrani katta olib, geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish, aniqlangan zaxiralarni samarali o‘zlashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi. Sohaga xorijiy texnologiyalar va investitsiyalar jalb qilishni davom ettirish, bu orqali geologik qidiruvlar va qazib olish natijadorligini oshirish vazifalari qo‘yildi”, — deyiladi xabarda.
Aholi, ijtimoiy soha va sanoat tarmoqlari ehtiyojidan kelib chiqib, ko‘mir qazib chiqarish hajmini 22 foizga oshirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Ilg‘or xorijiy tajriba asosida, boyitish chiqindilarini qayta ishlash masalasiga ham e’tibor qaratildi.