O‘zbekistonliklarni Primorsk o‘lkasiga ishga jalb etish rejalashtirilmoqda

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishStroitelstvo "DNS Siti" na ploshadke goroda-cputnika Vladivostoka. Arxivnoe foto
Stroitelstvo DNS Siti na ploshadke goroda-cputnika Vladivostoka. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.01.2024
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Primorsk o‘lkasi mehnat migratsiyasini tashkil etish bo‘yicha hamkorlik qiladi.
TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. O‘zbekiston diplomatlari Rossiyaning Primorsk o‘lkasi mutasaddilari bilan qonuniy mehnat migratsiyasini tashkil etish masalalarini muhokama qilishdi. Bu haqda "Dunyo" AA xabar berdi.
O‘zbekistonning Vladivostokdagi Bosh konsulligi diplomatlari Rossiyaning Primorsk o‘lkasi hukumati raisining o‘rinbosari - Primorsk o‘lkasi uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Vitaliy Bloskiy, qurilish vaziri vazifasini bajaruvchi Aleksey Pershin va Xalqaro hamkorlik agentligi boshlig‘i Aleksey Starichkov bilan muzokaralar o‘tkazishdi.
Unda mehnat migrantlari huquqlarini ta’minlash va O‘zbekiston fuqarolarini Primorsk o‘lkasiga qonuniy tarzda ishga jalb etish masalalari muhokama qilindi.
“Primorsk o‘lkasi rasmiylari joriy yilda hududda amalga oshiriladigan yirik qurilish ishlariga 7 ming ishchi kuchi yetishmayotganini ma’lum qildi. Birinchi bosqichda ushbu qurilish ishlariga 1200 nafar ishchini jalb etish va ularga barcha sharoitlar yaratib berilishi ta’kidlandi”, — deyiladi xabarda.
Tomonlar Primorsk o‘lkasi qurilish vazirligi va O‘zbekistonning tegishli tashkilotlari o‘rtasida qonuniy mehnat migratsiyasini tashkil etish bo‘yicha hamkorlik bitimini ishlab chiqish hamda imzolashga kelishib olishdi.
Qayd etilishicha, Vitaliy Bloskiy Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlarning buguni holatini yuqori baholab, O‘zbekistondan Primorsk o‘lkasida ishlayotgan migrantlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.
Yangiliklar lentasi
0