Yangilash va hamkorlik: harbiy ekspert O‘zbekiston armiyasi haqida — video
11:18 14.01.2024 (yangilandi: 16:49 14.01.2024)
© Sputnik
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
14 yanvar Vatan himoyachilari kuni arafasida harbiy ekspert Aleksandr Xrolenko Sputnik muxbiriga O‘zbekiston mudofaa doktrinasi xususiyatlari, Qurolli kuchlarini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida aytib berdi.
O‘zbekiston Qurolli Kuchlarini modernizatsiya qilish va boshqa davlatlar bilan harbiy-texnikaviy hamkorlikni mustahkamlash borasida faol ish olib bormoqda, — dedi Aleksandr Xrolenko.
O‘zbekiston armiyasi harbiy kuch bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlari orasida yetakchi o‘rinlardan birini saqlab kelmoqda. 2016-yildan buyon hokimiyat tomonidan Qurolli Kuchlarni rivojlantirish va modernizatsiya qilishga katta e’tibor qaratilmoqda.
“O‘zbekistonning 2018-yilgi mudofaa doktrinasi mudofaa xarakterini, tashqi siyosatning ochiqligini, qo‘shnilar bilan konstruktiv, tinch munosabatlar ustuvorligini e’lon qiladi. Shu bilan birga, 2018-yildan buyon O‘zbekistonning mudofaa xarajatlari yalpi ichki mahsulotning qariyb 4 foizini tashkil etdi. O‘sish, menimcha, ancha ildam bo‘lmoqda”, — deydi mutaxassis.
Shavkat Mirziyoyev 2023-yilda bo‘lib o‘tadigan Prezident saylovi bo‘yicha saylovoldi dasturida 2030-yilgacha respublika armiyasini zamonaviy qurol-yarog‘ va harbiy texnika bilan ta’minlash vazifasini qo‘ygan edi.
Joriy yilning 3-yanvar kuni esa prezident ishtirokidagi yig‘ilishda Mudofaa vaziri ayrim turdagi qurol-yarog‘ va texnikalarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va modernizatsiya qilish rejalari haqida gapirdi. Aleksandr Xrolenkoning so‘zlariga ko‘ra, prezidentning mamlakatning o‘z mudofaa-sanoat majmuasini yaratish tashabbusi ajoyib natijalar bermoqda.
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni tomonidan milliy mudofaa sanoatini yaratish tashabbusiga kelsak, bu ham juda qiziq tashabbus. Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi tashkil etilganiga bir necha yil bo‘lgan bugungi kunda 200 ga yaqin korxona va tashkilot uning tasarrufida. Bu juda hayratlanarli natija", - dedi u.
Harbiy ekspert, shuningdek O‘zbekiston xorijiy davlatlar bilan hamkorlikka alohida e’tibor qaratayotganini ham aytib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Toshkent dunyoning turli davlatlaridan yangi texnologiyalar va boshqa eng yaxshi tajribalarni olishga harakat qilmoqda.
Bugungi kunda O‘zbekiston 20dan ortq davlatlar bilan harbiy hamkorlik to‘g‘risida shartnomalar tuzgan. Xususan, Qozog‘iston, Ozarbayjon va Belarus bilan ham. Rossiya esa O‘zbekistonning asosiy harbiy ta’minotchisidir va yana bir necha yillar davomida shunday bo‘lib qoladi.
To‘liq intervyu bilan videolavhamizda tanishing.
Bugungi kunda O‘zbekiston 20dan ortq davlatlar bilan harbiy hamkorlik to‘g‘risida shartnomalar tuzgan. Xususan, Qozog‘iston, Ozarbayjon va Belarus bilan ham. Rossiya esa O‘zbekistonning asosiy harbiy ta’minotchisidir va yana bir necha yillar davomida shunday bo‘lib qoladi.
To‘liq intervyu bilan videolavhamizda tanishing.