Qozog‘istonda sovuqda buzilib qolgan avtobusdan 55 nafar o‘zbekistonlik qutqarildi

© Foto : Press-slujba MChS KazaxstanaNoqulay ob-havo tufayli qutqaruvchilar Aqto‘be viloyatidagi yo‘llardan 93 kishini evakuatsiya qildi, arxiv surat.
Noqulay ob-havo tufayli qutqaruvchilar Aqto‘be viloyatidagi yo‘llardan 93 kishini evakuatsiya qildi, arxiv surat. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.01.2024
Obuna bo‘lish
Avtobus Aqto‘be viloyatida Samara-Chimkent avtomobil yo‘lining 965-kilometrida nosozlik tufayli to‘xtab qolgan.
TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. Qozog‘istonda sovuqda buzilib qolgan avtobusdan 55 nafar o‘zbekistonlik qutqarildi, deya xabar berdi Sputnik Qozog‘iston.
Qayd etilishicha, Avtobus Aqto‘be viloyatida Samara-Chimkent avtomobil yo‘lining 965-kilometrida nosozlik tufayli to‘xtab qolgan.
“Aqto‘be viloyatida, respublika ahamiyatiga molik Samara-Chimkent avtomobil yo‘lining 965-kilometrida “Toshkent-Qozon” yo‘nalishida texnik nosoz bo‘lgan yo‘lovchi avtobusi to‘xtab qolgan, bortida 55 nafar yo‘lovchi – O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan”, — deyiladi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabarida.
Favqulodda vaziyatlar xizmati xodimlari yo‘lovchilarni Qorabutak qishlog‘idagi masjidga evakuatsiya qilgan, ularga tibbiy yordam kerak bo‘lmagan.
Yangiliklar lentasi
0