Konstitutsiyaviy sud sudyalarining vakolat muddati o‘zgardi

© iStock.com / Utah778Sudeyskiy molotok na noutbuke
Sudeyskiy molotok na noutbuke  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.01.2024
Obuna bo‘lish
Konstitutsiyaviy sudning sudyalari qayta saylanish huquqisiz 10-yillik muddatga saylanadi (ilgari birinchi marta 5-yilga, ikkinchi marta 10-yilga saylangan).
TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. Konstitutsiyaviy sud sudyalarining vakolat muddati o‘zgardi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-895-son, 12.01.2024 y.) bilan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
Unga ko‘ra, Konstitutsiyaviy sud referendumga chiqarilayotgan masalalarning Konstitutsiyaga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa beradi.
Konstitutsiyaviy sud mazkur toifadagi masalalar bo‘yicha tegishli hujjatlar olingan kundan e’tiboran 15 kundan kechiktirmay qaror qabul qiladi.
Shuningdek, kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, Konstitutsiyaviy sudning sudyalari qayta saylanish huquqisiz 10-yillik muddatga saylanadi (ilgari birinchi marta 5-yilga, ikkinchi marta 10-yilga saylangan).
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Yangiliklar lentasi
0