https://oz.sputniknews.uz/20240112/rossiya-tashqi-ishlar-vazirligi-aqsh-va-britaniyaning-yamanga-bergan-zarbalarini-qoraladi-42018068.html
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi AQSh va Britaniyaning Yamanga bergan zarbalarini qoraladi
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi AQSh va Britaniyaning Yamanga bergan zarbalarini qoraladi
Sputnik O‘zbekiston
Zaxarovaning eslatishicha, Rossiya Federatsiyasi juma kuni BMT Xavfsizlik kengashining shoshilinch yig‘ilishini o‘tkazishni so‘ragan.
2024-01-12T15:44+0500
2024-01-12T15:44+0500
2024-01-12T16:01+0500
dunyoda
dunyo yangiliklari
rossiya
aqsh
buyuk britaniya
mariya zaxarova
yaman
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0c/0e/21783211_0:0:3071:1727_1920x0_80_0_0_c5819629e1ba9fd3f7108a2d190a3107.jpg
TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. Moskva AQSh va Buyuk Britaniyaning Yamanga bergan zarbalarini qoralaydi, dedi Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova.Uning so‘zlariga ko‘ra, Qizil dengiz mintaqasida keng ko‘lamli harbiy kuchayish “Yamanni tartibga solish jarayonida yaqinda paydo bo‘lgan ijobiy tendensiyalarni bekor qilishi, shuningdek, butun Yaqin Sharq mintaqasida vaziyatning beqarorlashishiga olib kelishi mumkin”.Zaxarovaning eslatishicha, Rossiya Federatsiyasi juma kuni BMT Xavfsizlik kengashining shoshilinch yig‘ilishini o‘tkazishni so‘ragan.Jumaga o‘tar kechasi AQSh va Buyuk Britaniya Yamanning turli hududlaridagi to‘rt provinsiya, jumladan, poytaxt Sana, Hodeyda, Taiz va Saadadagi obyektlarga 23 ta havo hujumi uyushtirdi, deb xabar berdi RIA Novosti agentligiga mahalliy hukumatdagi manbalar. Pentagon RIA Novostiga Qo‘shma Shtatlar hamkorlari bilan kelishilgan holda Yamandagi husiy nishonlariga zarbalar berganini tasdiqladi, tafsilotlar keyinroq e’lon qilinadi. Husiylar Amerika va Britaniya harbiy bazalari va obyektlariga javob zarbalari berganliklarini aytishdi hamda raketa hujumi natijasida Qizil dengizda AQSh harbiy kemasini cho‘ktirishga muvaffaq bo‘lganliklarini ma’lum qilishdi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0c/0e/21783211_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_4d1225b355ff0ae6228944af9a51811b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya tashqi ishlar vazirligi aqsh va britaniyaning yamanga bergan zarbalarini qoraladi
rossiya tashqi ishlar vazirligi aqsh va britaniyaning yamanga bergan zarbalarini qoraladi
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi AQSh va Britaniyaning Yamanga bergan zarbalarini qoraladi
15:44 12.01.2024 (yangilandi: 16:01 12.01.2024) Zaxarovaning eslatishicha, Rossiya Federatsiyasi juma kuni BMT Xavfsizlik kengashining shoshilinch yig‘ilishini o‘tkazishni so‘ragan.
TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. Moskva AQSh va Buyuk Britaniyaning Yamanga bergan zarbalarini qoralaydi,
dedi Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova.
“12 yanvarga o‘tar kechasi AQSh va Britaniya boshchiligidagi xalqaro koalitsiya deb ataladigan, aslida noqonuniy koalitsiya deb atash kerak bo‘lgan koalitsiya suveren Yaman hududidagi qator obyektlarga raketa va bombali hujumlar uyushtirdi. AQShning Qizil dengiz bo‘yicha BMT Xavfsizlik Kengashidagi pozitsiyasi mintaqadagi keskinlik holatini yanada kuchaytirish uchun bahona ekanligidan qo‘rqishimiz tasdiqlandi. Biz AQSh va uning ittifoqchilarining bu mas’uliyatsiz harakatlarini keskin qoralaymiz”, - dedi Zaxarova brifingda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Qizil dengiz mintaqasida keng ko‘lamli harbiy kuchayish “Yamanni tartibga solish jarayonida yaqinda paydo bo‘lgan ijobiy tendensiyalarni bekor qilishi, shuningdek, butun Yaqin Sharq mintaqasida vaziyatning beqarorlashishiga olib kelishi mumkin”.
“Noqonuniy koalitsiyaning bu sarguzashtlari global tinchlik va xavfsizlikka to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid solayotganidan kelib chiqamiz”, - deya qo‘shimcha qildi u.
Zaxarovaning eslatishicha, Rossiya Federatsiyasi juma kuni BMT Xavfsizlik kengashining shoshilinch yig‘ilishini o‘tkazishni so‘ragan.
Jumaga o‘tar kechasi AQSh va Buyuk Britaniya Yamanning turli hududlaridagi to‘rt provinsiya, jumladan, poytaxt Sana, Hodeyda, Taiz va Saadadagi obyektlarga 23 ta havo hujumi uyushtirdi, deb xabar berdi RIA Novosti agentligiga mahalliy hukumatdagi manbalar. Pentagon RIA Novostiga Qo‘shma Shtatlar hamkorlari bilan kelishilgan holda Yamandagi husiy nishonlariga zarbalar berganini tasdiqladi, tafsilotlar keyinroq e’lon qilinadi. Husiylar Amerika va Britaniya harbiy bazalari va obyektlariga javob zarbalari berganliklarini aytishdi hamda raketa hujumi natijasida Qizil dengizda AQSh harbiy kemasini cho‘ktirishga muvaffaq bo‘lganliklarini ma’lum qilishdi.