Mirziyoyev mudofaa sanoati majmualari bilan tanishdi — foto

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil proizvodstvenniy klaster Agentstva oboronnoy promishlennosti.
Shavkat Mirziyoyev posetil proizvodstvenniy klaster Agentstva oboronnoy promishlennosti. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.01.2024
Obuna bo‘lish
Tashrif davomida prezidentga Mudofaa sanoati agentligining ishlab chiqarish salohiyatini oshirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha qilinayotgan ishlar va kelgusi rejalar to‘g‘risida batafsil axborot berildi.
TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev kecha, 11-yanvar kuni Mudofaa sanoati agentligining Toshkent viloyatida joylashgan ishlab chiqarish klasteriga tashrif buyurdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Keyingi yillarda qo‘shinlarning tezkor va jangovar tayyorgarligi samarasi va sifatini oshirish, harbiy xizmatchilarning malaka va ko‘nikmalarini yuksaltirish uchun zamonaviy sharoitlar yaratish maqsadida zarur infratuzilmaga ega bir qator o‘quv poligonlari barpo etildi va bu boradagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Shu bilan birga, bugungi kunda yangi bosqichga ko‘tarilayotgan mudofaa sanoatini modernizatsiya qilish va salohiyatini oshirishga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. Aynan shu maqsadda o‘tgan yilning yanvar oyida prezident Mudofaa sanoati agentligini Mudofaa vazirligi tizimiga o‘tkazish va uning faoliyatini yanada rivojlantirish yuzasidan topshiriq bergan edi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil proizvodstvenniy klaster Agentstva oboronnoy promishlennosti.
Shavkat Mirziyoyev posetil proizvodstvenniy klaster Agentstva oboronnoy promishlennosti. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.01.2024
Agentlik tomonidan zarur harbiy-texnik mahsulotlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish, zamonaviy harbiy texnikalarni xarid qilish va qo‘shinlarga yetkazish hamda mavjud qurol-aslaha namunalarini modernizatsiya qilish bo‘yicha tizimli ishlar yo‘lga qo‘yildi.
Tashrif davomida prezidentga Mudofaa sanoati agentligining ishlab chiqarish salohiyatini oshirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha qilinayotgan ishlar va kelgusi rejalar to‘g‘risida batafsil axborot berildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil proizvodstvenniy klaster Agentstva oboronnoy promishlennosti.
Shavkat Mirziyoyev posetil proizvodstvenniy klaster Agentstva oboronnoy promishlennosti. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.01.2024
Davlat rahbarining topshirig‘iga muvofiq qisqa muddatda Mudofaa vazirligining bir nechta texnik bo‘linmalari negizida keng ko‘lamli qurilish ishlari bajarildi, mavjud obyektlar mukammal ta’mirlandi va rekonstruksiya qilindi. Klaster hududiga Mudofaa vazirligining texnikani ta’mirlash zavodi va Markaziy avtomobil texnikasini saqlash bazasi ko‘chirildi.
Yangi klaster hududida joylashgan korxonalar o‘zaro integratsiya qilinib, ularning yagona ta’mirlash sexlari tashkil qilindi. Mazkur korxonalarda qurol-yarog‘ va harbiy texnika, radiolokatsiya qurilmalari, optik va elektron-optik asboblar, o‘qotar va artilleriya qurollari modernizatsiya qilinmoqda hamda metallarga yuqori aniqlikda ishlov berilmoqda.
Davlat rahbari ushbu quvvatlar faoliyati bilan tanishib, sohaga ilg‘or texnologiyalarni keng jalb qilish, yangi ish o‘rinlarini yaratish zarurligini qayd etdi, korxonalar faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.
Shuningdek, davlat rahbariga Mudofaa sanoati agentligining yangi klasteridagi ishlab chiqarish quvvatlari tomonidan ta’mirlangan va modernizatsiya qilingan harbiy texnika va qurol-yarog‘ namunalari namoyish etildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil proizvodstvenniy klaster Agentstva oboronnoy promishlennosti.
Shavkat Mirziyoyev posetil proizvodstvenniy klaster Agentstva oboronnoy promishlennosti. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.01.2024
Mudofaa sanoati mahsulotlarining taqdimoti chog‘ida davlat rahbariga "Kelajak askari" majmuasi tarkibiga kiruvchi maxsus aslaha va anjomlar to‘plami amalda namoyish etildi. Ushbu to‘plam O‘zbekiston mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, uning xususiyatlari jahonning yetakchi ishlab chiqaruvchilari tomonidan tayyorlangan muqobillaridan qolishmaydi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil proizvodstvenniy klaster Agentstva oboronnoy promishlennosti.
Shavkat Mirziyoyev posetil proizvodstvenniy klaster Agentstva oboronnoy promishlennosti. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.01.2024
Tashrif chog‘ida Oliy Bosh Qo‘mondon yangi turdagi harbiy mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha korxona faoliyatiga start berdi. Mahsulotlarning yuqori sifatini ta’minlash, muhandis va mutaxassislar malakasini oshirish zarurligini ta’kidladi.
Yakunda prezident mutasaddilarga mudofaa sanoati korxonalarining ishlab chiqarish imkoniyatlarini yanada kengaytirish yuzasidan aniq topshiriqlar berdi.
Yangiliklar lentasi
0