Turkiy davlatlar tashkiloti mamlakatlari temir yo‘l idoralari kengashi nima uchun kerak?

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishTovarnie poyezda
Tovarnie poyezda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.01.2024
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Hozirgi kunda butun dunyoda ro‘y berayotgan global o‘zgarishlar Markaziy Osiyoning ko‘p vektorli rivojlanishi zaruriyatini belgilab bermoqda.
TOShKENT, 11 yanv – Sputnik. Indira Rizametova. Shiddat bilan o‘zgarib borayotgan dunyo va murakkab global geosiyosiy o‘zgarishlar sharoitida xalqaro savdo-iqtisodiy munosabatlar yangi rivojlanish darajasiga ko‘tarilib, o‘zaro hamkorlikning yangi usullarini izlashni taqozo etmoqda.
Mazkur masalalar yechimlarinig asosiy jihatlari – mavjud tranzit transport yo‘nalishlarini rivojlantirish va ularni diversifikatsiya qilish, logistika yechimlarini joriy etish, shu jumladan ularni global yo‘nalish tarmoqlariga integratsiyalash, shuningdek, tranzit salohiyati, xususan, eng rentabel bo‘lgan temir yo‘l samaradorligini oshirish hisoblanadi.
Shular haqida va Markaziy Osiyo mintaqasi temir yo‘l tizimlarini integratsiyalashning o‘ziga xos muammolari, Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) mamlakatlari temir yo‘l idoralari kengashini tashkil etishning ahamiyati haqida Sputnik temir yo‘l transporti sohasi bo‘yicha ekspert, texnika fanlari nomzodi (PhD), katta ilmiy xodim Umidulla Ibragimov bilan suhbatlashdi.
“Xalqaro transport va tranzit yo‘laklarini shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha puxta tuzilgan strategiya Yevroosiyo transport tarmoqlarini bir-biri bilan integratsiyalashtirgan holda jahon savdosining rivojlanishini ta’minlaydi. Hozirda bu masalalarni o‘rganish har qachongidan ham dolzarb bo‘lmoqda”, — dedi ekspert.
Uning fikricha, Markaziy Osiyo transport tizimlarini Yevroosiyoning diametrli tranzit transport yo‘laklariga integratsiyalashuvi hamkor-davlatlarga o‘zaro savdo aloqalarini diversifikatsiya qilish bilan birga, bir butun logistika ta’minot zanjirini qurish imkonini beradi.
Hozirgi bosqichda jahon amaliyotida muayan xalqaro transport yo‘laklari, yo‘nalishlari va loyihalarini shakllantirish bo‘yicha turli tuzilmalar mavjud. Ekspertlar hamjamiyati ularning har birini tahlil qilib, mamlakatlarning transportni rivojlantirishdagi manfaatlarini aniqlaydi. Yevroosiyoda transport va tranzit yo‘laklarini shakllantirishning zamonaviy jarayoni “Alvon okeanlar” tushunchasiga o‘xshaydi, bunda hamkor mamlakatlar manfaatlari chegaralari belgilanadi va kelishiladi, raqobat esa tegishli qoida va tartiblar asosida bo‘lmaydi.
“Bu yerda xalqaro tashkilotlar va xalqaro moliya institutlarining vazifasi (muayan davlatlar manfaatlari bilan bog‘liq bo‘lgan) tranzit yuklar oqimining katta qismini qo‘lga olish uchun o‘z raqiblari ustidan ustunlik qilishdan iborat. Vaqt o‘tishi bilan bozorda raqobatlar ko‘payadi, o‘sish va foyda olish imkoniyatlari qisqaradi, transport xizmatlari (logistika mahsuloti) eksporti esa qadrsizlanadi”, – deb tushuntirdi Ibragimov.
Ekspert fikriga ko‘ra, vujudga kelayotgan xalqaro transport yo‘laklari va yo‘nalishlarini mustaqil loyihalar sifatida ko‘rib chiqsak, ular o‘rtasida murosasiz nomuvofiqlik bor, biroq ularni bir butun sifatida ko‘rib chiqsak, Yevroosiyoning yagona yaxlit transport tizimini tasavvur qilish mumkin.
Ayni paytda Xalqaro temir yo‘llar ittifoqi, Xalqaro temir yo‘l transporti bo‘yicha hukumatlararo tashkilot, Temir yo‘llar hamdo‘stligi tashkiloti, Hamdo‘stlikka a’zo davlatlarning temir yo‘l transporti bo‘yicha kengashi, Trans-Yevroosiyo transporti bo‘yicha kengash va boshqalar asosan MDH davlatlari, Yevropa Ittifoqi, YeOII va boshqa mintaqalarning kelishuvlari va shartnomalari bo‘yicha ishtirokchi davlatlarning vazifalari va muammolarini tartibga solish va hal qilishga qaratilgan xalqaro muvofiqlashtirish Kengashi kabi xalqaro temir yo‘l tashkilotlari muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatmoqda.
Ular mobil birliklar standartlari, yuklarni yetkazib berish muddatlari, yo‘lovchi va yuk tashish hujjatlarini rasmiylashtirish, alohida hududiy yo‘nalishlarni huquqiy tartibga solish, shuningdek, temir yo‘l kengligi bilan bog‘liq.
O‘zbekiston va boshqa O‘rta Osiyo mamlakatlari temir yo‘l transporti tarmog‘ining asosiy qismi sovet davrida yaratilgan, shu sababli ular 1520 mm kenglikdagi temir yo‘l mavjud shimoliy yo‘nalishga yo‘naltirilgan.
“Pokiston – Afg‘oniston – O‘zbekiston” va “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘l liniyalarini qurish bo‘yicha istiqbolli loyihalar amalga oshirilgandan keyin ham Markaziy Osiyo transport tizimining global transport tarmog‘iga integratsiyalashuviga to‘siq bo‘layotgan narsa temir yo‘l kengligi standarlaridagi farq hisoblanadi. Xitoy, Eron, Turkiya va Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida (Ispaniyadan tashqari) yo‘l kengligi – 1435 mm, Pokiston, Hindiston va Bangladeshda – 1676 mm, Osiyo-Tinch okeani mamlakatlarida esa o‘lchov standartlari hatto bir-biridan farq qiladi”, – qo‘shimcha qildi ekspert.
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, aynan mana shu farq mintaqaviy integratsiyani to‘xtatmoqda, chunki temir yo‘l kesishmalari muammosi mavjud – har xil turdagi ko‘p tonnalik yuklarga ega butun poyezdlar turli temir yo‘l o‘lchovlariga ega bo‘lgan mamlakatlar hududi orqali olib o‘tilishi kerak.
Bundan tashqari, Yevrosiyo makonida avtomobil transportidan farqli o‘laroq, davlatlararo transport uchun transport hujjatlarini qayta ishlashning turli standartlari mavjud.
Shu munosabat bilan xalqaro elektron tashish hujjatining yagona standartini: yagona elektron yuk hujjati – temir yo‘l-avtomobil-dengiz, shuningdek, bojxona va Janubiy Osiyo davlatlarining boshqa chegara nazorati organlari bilan integratsiyalashgan temir yo‘l, avtomobil va suv transportida tashishning yagona qoidalarini ishlab chiqish zarurati paydo bo‘ldi.
Xitoy, Osiyo-Tinch okeani mamlakatlari, Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo temir yo‘llarini Markaziy Osiyo, Kavkaz va YeI davlatlari bilan integratsiya qilish maqsadida O‘zbekiston prezidenti Ostonada bo‘lib o‘tgan TDT 10-sammitida xalqaro temir yo‘l idoralari kengashini tashkil etishni va direksiyasini Toshkent shahrida joylashtirishni taklif qildi.
Kengash mustaqil xalqaro organ sifatida Yevroosiyo transport hamjamiyatini birlashtirib, ko‘plab transport-logistika vazifalarini amalga oshirish imkoniyatini berishi mumkin.
Jumladan:
zarur hujjatlar rasmiylashtirishni soddalashtirish;
raqamli transport hujjatlari uchun yagona standartlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
normativ hujjatlarni yagona raqamli texnologiyalarga integratsiyalash;
mintaqaviy transport tizimlarini diversifikatsiya qilish va koridorlarni rivojlantirish uchun multiplikativ effekt yaratish;
tranzit yo‘laklarida joylashgan ishtirokchi-mamlakatlarning transport xizmatlari eksportidan tushadigan daromadlarni oshirish.
Ekspert, shuningdek, Kengash direksiyasi huzurida yuk tashishni uzluksiz tashkil etish uchun doimiy faoliyat yurituvchi ixtisoslashtirilgan komissiyalar va tarkibiy bo‘linmalar faoliyat ko‘rsatishi kerakligini ta’kidladi.
Kengash huzuridagi vosita sifatida alohida ma’lumotlar markaziga ega bo‘lgan Xalqaro raqamli transport xizmatlari markazini (XRTXM) yaratish zarur.

“Shunday qilib, bugun biz Yevroosiyo mamlakatlari va mintaqalarining o‘zaro zarur integratsiyalashuvi faktini ta’kidlamoqdamiz. Savdodagi global o‘zgarishlar Markaziy Osiyoning ko‘p vektorli rivojlanishini va qolversa, alohida mintaqalar, YeI davlatlari, YeOII, Kavkaz, Yaqin Sharq va boshqa davlatlardagi hamkorlarimiznikidan ko‘ra universalroq rivojlanish zarurligini tobora ko‘proq ko‘rsatmoqda”, — deya qo‘shimcha qildi ekspert.

Ibrohimov, shuningdek, Buyuk Ipak yo‘li mavjud bo‘lgan davrda Markaziy Osiyo mintaqasida savdo-sotiq rivojlanganini esladi. Rivojlanish iqtisodiy, siyosiy, texnologik, ilmiy, madaniy hamda ma’naviy yo‘nalishlarda kuzatildi va mintaqaning o‘zi "yerning yuragi" (Heartland) tarixiy maqomiga ega edi.
Agar zamonaviy voqelikda Yevroosiyoda quruqlikdagi savdo raqobatbardosh bo‘lmasada, aksincha, “Moviy okeanlar strategiyasi”ga muvofiq bozorning tegmagan joylari bilan mintaqalar o‘rtasida tez va qulay logistika bilan takomillashtirilgan yo‘lga ega ekanligini hisobga olsak, Yevroosiyo mintaqasiga integratsiyalashgan holda temir yo‘l va multimodal tranzit salohiyatini rivojlantirish TDT ishtirokchi-davlatlarining har biri uchun o‘sish, rivojlanish va foyda olish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar ochadi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, masala yechimiga oz qoldi – TDT mamlakatlari temir yo‘l idoralari kengashini tashkil etish va uzoq muddatli faoliyati doirasida ekspert, ilmiy va ijodiy yondashuvlarni ishlab chiqish kerak.
Yangiliklar lentasi
0