https://oz.sputniknews.uz/20240111/rossiya-ozbekiston-baliq-ovlash-kvota-hajm-42004200.html
Rossiya O‘zbekistonga baliq ovlash uchun kvota hajmlarini oshiradi
Rossiya O‘zbekistonga baliq ovlash uchun kvota hajmlarini oshiradi
Sputnik O‘zbekiston
Baliqchilik Federal agentligi vakillari O‘zbekbaliqsanoat uyushmasi o‘rtasida muzokaralar olib borildi.
2024-01-11T15:19+0500
2024-01-11T15:19+0500
2024-01-11T16:28+0500
o‘zbekiston
rossiya
qishloq xo‘jaligi vazirligi
baliq
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/01/0b/42006681_0:48:3078:1779_1920x0_80_0_0_e075bb463c0451e8fac969d75ab19840.jpg
TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. O‘zbekistonga Rossiyadan mintay baliqlarining 50 ming tonnalik yillik ta’minoti yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar berdi.Qishloq xo‘jaligi vazirligida Rossiya Federatsiyasining "Baliqchilik Federal agentligi" vakillari hamda "O‘zbekbaliqsanoat" uyushmasi o‘rtasida muzokaralar olib borildi.Unda O‘zbekiston uchun Rossiyaning iqtisodiy zonalarida baliq ovlash kvotasini ajratish masalalari hamda bu borada O‘zbekistonning qo‘shma korxona tashkil etish taklifi muhokama qilindi.Shuningdek, 2021-yilda Rossiya va O‘zbekiston hukumatlari o‘rtasida imzolangan amaldagi kelishuv ijrosini ta’minlash hamda Rossiyaning iqtisodiy zonalarida baliq ovlash kvotasi ajratish bo‘yicha qo‘shimcha kelishuv imzolanishi aytib o‘tildi.Ma’lumot uchun, o‘tgan yili Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga rasmiy tashrifi doirasida baliq ovlash uchun kvotalar ajratishni ishlab chiqish va keyinchalik O‘zbekistonga to‘g‘ridan to‘g‘ri yiliga 50 ming tonna mintay balig‘ini yetkazib berish ishlarini amalga oshirish topshirig‘i belgilangan.Shu nuqtayi nazardan, O‘zbekistonga dengiz mahsulotlarini olib kelishni yanada samarali tashkil etish, aholini sifatli va arzon dengiz mahsuloti bilan ta’minlash va dengiz mahsulotini iste’molini bog‘cha va maktablarda keng targ‘ib etish maqsadida, Rossiyaning "Baliqchilik Federal agentligi" bilan hamkorlik qilish rejalashtirilgan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/01/0b/42006681_347:0:3078:2048_1920x0_80_0_0_4ca2a6c4525689fee7e0e9d4164f13d7.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya o‘zbekiston baliq ovlash kvota baliqchilik federal agentligi o‘zbekbaliqsanoat uyushmasi
rossiya o‘zbekiston baliq ovlash kvota baliqchilik federal agentligi o‘zbekbaliqsanoat uyushmasi
Rossiya O‘zbekistonga baliq ovlash uchun kvota hajmlarini oshiradi
15:19 11.01.2024 (yangilandi: 16:28 11.01.2024) Baliqchilik Federal agentligi vakillari O‘zbekbaliqsanoat uyushmasi o‘rtasida muzokaralar olib borildi.
TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. O‘zbekistonga Rossiyadan mintay baliqlarining 50 ming tonnalik yillik ta’minoti yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi
xabar berdi. Qishloq xo‘jaligi vazirligida Rossiya Federatsiyasining "Baliqchilik Federal agentligi" vakillari hamda "O‘zbekbaliqsanoat" uyushmasi o‘rtasida muzokaralar olib borildi.
Unda O‘zbekiston uchun Rossiyaning iqtisodiy zonalarida baliq ovlash kvotasini ajratish masalalari hamda bu borada O‘zbekistonning qo‘shma korxona tashkil etish taklifi muhokama qilindi.
Shuningdek, 2021-yilda Rossiya va O‘zbekiston hukumatlari o‘rtasida imzolangan amaldagi kelishuv ijrosini ta’minlash hamda Rossiyaning iqtisodiy zonalarida baliq ovlash kvotasi ajratish bo‘yicha qo‘shimcha kelishuv imzolanishi aytib o‘tildi.
“O‘zbekiston tomonidan so‘ralgan 50 ming tonna mintay va 20 ming tonna seld balig‘ini ovlash uchun kvota hajmlarini oshirish uchun mamlakatdagi ushbu mahsulotlarga mavjud ichki talabdan kelib chiqib bosqichma-bosqich amalga oshirilishi belgilab olindi”, — deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, o‘tgan yili Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga rasmiy tashrifi doirasida baliq ovlash uchun kvotalar ajratishni ishlab chiqish va keyinchalik O‘zbekistonga to‘g‘ridan to‘g‘ri yiliga 50 ming tonna mintay balig‘ini yetkazib berish ishlarini amalga oshirish topshirig‘i belgilangan.
Shu nuqtayi nazardan, O‘zbekistonga dengiz mahsulotlarini olib kelishni yanada samarali tashkil etish, aholini sifatli va arzon dengiz mahsuloti bilan ta’minlash va dengiz mahsulotini iste’molini bog‘cha va maktablarda keng targ‘ib etish maqsadida, Rossiyaning "Baliqchilik Federal agentligi" bilan hamkorlik qilish rejalashtirilgan.