https://oz.sputniknews.uz/20240111/maglub-kiev-aqsh-rossiya-mojaro-41999637.html
Uni mag‘lub eta olmaysiz. Kiyev kutilmaganda AQSh va Rossiya o‘rtasidagi mojaro haqida gapirdi
Uni mag‘lub eta olmaysiz. Kiyev kutilmaganda AQSh va Rossiya o‘rtasidagi mojaro haqida gapirdi
Sputnik O‘zbekiston
Siyosatshunos Bortnik: Bayden Rossiya tufayli siyosiy tuzoqqa tushib qoldi. 11.01.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-01-11T12:16+0500
2024-01-11T12:16+0500
2024-01-11T12:16+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
aqsh
aqsh prezidenti
rossiya
ukraina
kiyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/14/41140242_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_fd489daff47289fef7409895095f9957.jpg
TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. AQSh prezidenti Jo Baydenning Rossiya bilan mojaro haqidagi har qanday bayonoti Respublikachilar partiyasiga foyda keltiradi. Bu haqda Ukraina Siyosat tahlili va boshqaruvi instituti direktori Ruslan Bortnik "Politeka" kanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.Kiyevlik siyosatshunosga ko‘ra, Baydenning raqiblari Oq uydan AQShning Ukrainadagi mojarodagi maqsad va strategiyasini belgilab beruvchi aniq hujjat talab qilmoqda. Respublikachilar prezidentdan Moskva bilan keyingi qarama-qarshilik maqsadga muvofiqligi haqida birgalikda qaror qabul qilishni talab qiladi.Bortnikning ta’kidlashicha, Vashingtonning ommaviy maqsadi — "Rossiyani harbiy yo‘l bilan mag‘lub etish" mumkin emas. Amerika elitasi yadroviy davlat ustidan harbiy g‘alaba qozonish mumkin emasligini yaxshi biladi.Bu qabul qilib bo‘lmaydigan maqsadning yozma bayonoti nafaqat Kongressda savollar tug‘diradi, balki Moskvaga qarshi rasmiy urush e’loniga ham aylanadi, deydi tahlilchi.Baydenning asl maqsadi — ittifoqchi kuchlar bilan "Rossiyani zaiflashtirish" ham Vashingtonda, ham xorijda tanqidlarga sabab bo‘ladi. Siyosatshunosga ko‘ra, Yevropa davlatlari Amerika prezidenti o‘zlariga yuklaydigan mudofaa xarajatlariga rozi bo‘lmasligi mumkin.“Bu tuzoq o‘rnatish, <...>, unga (Oq uy. - Tahrir.) sugsvang vaziyatni yaratishga urinishdir, bunda har qanday javob yo qobiliyatsiz, yoki haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan yoki hatto mag‘lub bo‘ladi”, — deya xulosa qildi Bortnik."Moskva emas." AQShda amerikaliklarning asosiy dushmani aytildiKeling kelishaylik: G‘arb Rossiyadan maxsus harbiy operatsiyani 2024-yilda yakunlashni so‘ramoqda
https://oz.sputniknews.uz/20240109/urush-muqarrar-aqsh-rossiya-reja-41971958.html
ukraina
kiyev
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/14/41140242_341:0:3072:2048_1920x0_80_0_0_c01d452bbe4693e807ca765484090dd6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, dunyoda, aqsh, aqsh prezidenti, rossiya, ukraina, kiyev
dunyo yangiliklari, dunyoda, aqsh, aqsh prezidenti, rossiya, ukraina, kiyev
Uni mag‘lub eta olmaysiz. Kiyev kutilmaganda AQSh va Rossiya o‘rtasidagi mojaro haqida gapirdi
Siyosatshunos Bortnik: Bayden Rossiya tufayli siyosiy tuzoqqa tushib qoldi.
TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. AQSh prezidenti Jo Baydenning Rossiya bilan mojaro haqidagi har qanday bayonoti Respublikachilar partiyasiga foyda keltiradi. Bu haqda Ukraina Siyosat tahlili va boshqaruvi instituti direktori Ruslan Bortnik "Politeka" kanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb yozmoqda
RIA Novosti. “Respublikachilar Oq uy va Baydenni tuzoqqa ilintirmoqda. Chunki Oq uyning bu urushdagi maqsadlari xalq uchun juda yoqimsiz. <...> E’lon qilingan maqsadlar esa haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi", — deya ta’kidladi ekspert.
Kiyevlik siyosatshunosga ko‘ra, Baydenning raqiblari Oq uydan AQShning Ukrainadagi mojarodagi maqsad va strategiyasini belgilab beruvchi aniq hujjat talab qilmoqda. Respublikachilar prezidentdan Moskva bilan keyingi qarama-qarshilik maqsadga muvofiqligi haqida birgalikda qaror qabul qilishni talab qiladi.
Bortnikning ta’kidlashicha, Vashingtonning ommaviy maqsadi — "Rossiyani harbiy yo‘l bilan mag‘lub etish" mumkin emas. Amerika elitasi yadroviy davlat ustidan harbiy g‘alaba qozonish mumkin emasligini yaxshi biladi.
Bu qabul qilib bo‘lmaydigan maqsadning yozma bayonoti nafaqat Kongressda savollar tug‘diradi, balki Moskvaga qarshi rasmiy urush e’loniga ham aylanadi, deydi tahlilchi.
Baydenning asl maqsadi — ittifoqchi kuchlar bilan "Rossiyani zaiflashtirish" ham Vashingtonda, ham xorijda tanqidlarga sabab bo‘ladi. Siyosatshunosga ko‘ra, Yevropa davlatlari Amerika prezidenti o‘zlariga yuklaydigan mudofaa xarajatlariga rozi bo‘lmasligi mumkin.
“Bu tuzoq o‘rnatish, <...>, unga (Oq uy. - Tahrir.) sugsvang vaziyatni yaratishga urinishdir, bunda har qanday javob yo qobiliyatsiz, yoki haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan yoki hatto mag‘lub bo‘ladi”, — deya xulosa qildi Bortnik.