“Biotexnologiyalar klasteri” tashkil etiladi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishTabletki v kolbax
Tabletki v kolbax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.01.2024
Obuna bo‘lish
“Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri faoliyatini jadallashtirish rejasi tasdiqlandi.
TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. “Biotexnologiyalar klasteri” tashkil etiladi. Bu haqda prezident imzolagan tegishli qarorda nazarda tutilgan.
Qarorga ko‘ra, 2024–2025 yillarda farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish va investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”, farmatsevtika sohasida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining yig‘ma parametrlari, shuningdek, “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri (Klaster) faoliyatini jadallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.
“Klaster hududida “Biotexnologiyalar klasteri” tashkil etilib, unga qo‘shimcha 60 gektar yer maydoni ajratiladi”, — deyiladi hujjat matnida.
Qarorga ko‘ra, shuningdek:
har yili 1-dekabrgacha tibbiyot muassasalarining ehtiyojlaridan kelib chiqib, kelgusi yil uchun farmatsevtika mahsulotlariga bo‘lgan talab va ehtiyoj shakllantiriladi va internet saytida joylashtiriladi;
2024 yil 1-martdan davlat xaridlarini amalga oshirishda davlat buyurtmachisi bir lotda faqat bitta farmatsevtika mahsulotini (xalqaro patentlanmagan nomi bo‘yicha dori vositalari va tibbiy buyumlar) kiritishi mumkin bo‘lgan tizim joriy qilinadi;
2025 yil 1-yanvardan bosqichma-bosqich barcha tibbiyot muassasalari tomonidan markazlashmagan tartibda xarid qilinadigan farmatsevtika mahsulotlari xaridi markazlashtirilgan tartibga o‘tkaziladi.
Shuningdek, shu yil yakunigacha hududiy tibbiyot tashkilotlarining omborlari “Zarur saqlash amaliyoti – (GSP)” talablari asosida tashkil etiladi va termolabil dori vositalarini yetkazib berish uchun maxsus yuk tashuvchi avtotransport vositalari bilan ta’minlanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2024-yilda elektrotexnika, kimyo va farmatsevtika tarmoqlarida 12 milliard 700 million dollarlik 24 ta yirik loyiha boshlanishi ma’lum qilingandi.
Rabota farmatsevticheskogo predpriyatiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.11.2023
O‘zbekiston farmatsevtika sohasiga mashhur brendlarni jalb etadi — tafsilotlar
Yangiliklar lentasi
0