https://oz.sputniknews.uz/20240110/qqs-mahsulotlar-royxat-41995702.html
QQS summasi qaytarib beriladigan mahsulotlar ro‘yxati kengaytirildi
QQS summasi qaytarib beriladigan mahsulotlar ro‘yxati kengaytirildi
Sputnik O‘zbekiston
Qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini qaytarish oyiga BHMning 10 baravarigacha bo‘lgan xaridlar summasi doirasida amalga oshirilishi belgilandi.
2024-01-10T19:15+0500
2024-01-10T19:15+0500
2024-01-10T19:15+0500
jamiyat
o‘zbekiston
soliq
qqs
dori
un
shakar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/05/23788915_0:320:3072:2048_1920x0_80_0_0_845d7068082f8b6a7b5a995770514e2f.jpg
TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. Qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi qaytarib beriladigan mahsulotlar ro‘yxati kengaytirildi. Bu haqda prezidentning tegishli qarori bilan ayrim normativ huquqiy hujjatlarga kiritilgan o‘zgartirishlarda nazarda tutilgan.Shunga ko‘ra, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan jismoniy shaxslar tomonidan sotib olinganda QQS summasi qaytarib beriladigan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxatiga quyidagilar kiritildi:Bunda qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini qaytarish oyiga BHMning 10 baravarigacha bo‘lgan xaridlar summasi doirasida amalga oshirilishi belgilandi.Shuningdek, “Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida jamoatchilik nazorati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Hukumat qaroriga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra:Jismoniy shaxslar tomonidan bir oy davomida sotib olingan tovarlar (xizmatlar) qiymatining BHMning 60 baravaridan oshmagan qismidan 1 foizi ularning fiskal belgili cheklari soliq organlarining maxsus mobil ilovasi orqali ro‘yxatdan o‘tkazilgan taqdirda qaytarilishi belgilandi.Ilgari ma’lum bir qiymat belgilanmagan edi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/05/23788915_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_bdc3bd6667922dd06cf36bfa5128ab1d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qo‘shilgan qiymat solig‘i qaytarish bhmning 10 baravarigacha bo‘lgan xaridlar
qo‘shilgan qiymat solig‘i qaytarish bhmning 10 baravarigacha bo‘lgan xaridlar
QQS summasi qaytarib beriladigan mahsulotlar ro‘yxati kengaytirildi
Qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini qaytarish oyiga BHMning 10 baravarigacha bo‘lgan xaridlar summasi doirasida amalga oshirilishi belgilandi.
TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. Qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi qaytarib beriladigan mahsulotlar ro‘yxati kengaytirildi. Bu haqda prezidentning tegishli qarori bilan ayrim normativ huquqiy hujjatlarga kiritilgan o‘zgartirishlarda
nazarda tutilgan. Shunga ko‘ra, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan jismoniy shaxslar tomonidan sotib olinganda QQS summasi qaytarib beriladigan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxatiga quyidagilar kiritildi:
dori vositalari va tibbiy xizmatlar.
Bunda qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini qaytarish oyiga BHMning 10 baravarigacha bo‘lgan xaridlar summasi doirasida amalga oshirilishi belgilandi.
Shuningdek, “Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida jamoatchilik nazorati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Hukumat qaroriga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra:
Jismoniy shaxslar tomonidan bir oy davomida sotib olingan tovarlar (xizmatlar) qiymatining BHMning 60 baravaridan oshmagan qismidan 1 foizi ularning fiskal belgili cheklari soliq organlarining maxsus mobil ilovasi orqali ro‘yxatdan o‘tkazilgan taqdirda qaytarilishi belgilandi.
Ilgari ma’lum bir qiymat belgilanmagan edi.