Qatar kompaniyasi Toshkentda ko‘p tarmoqli shifoxona qurish ishlarini boshlamoqda

© Sputnik / Abdulkader XadjFlag Katara. Arxivnoe foto
Flag Katara. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.01.2024
Obuna bo‘lish
Qatar Toshkent shahrida 300 o‘rinli zamonaviy ko‘p tarmoqli shifoxona qurishni rejalashtirmoqda.
TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. Qatar kompaniyasi Toshkentda ko‘p tarmoqli shifoxona qurish ishlarini boshlamoqda, deb yozadi "Dunyo" AA.
O‘zbekistonning Doxadagi elchixonasi xodimlari Qatarning "Elegancia Healthcare" kompaniyasi tijorat ishlari bo‘yicha bosh direktori Desmond Donelli bilan muzokara o‘tkazishdi. Muloqot chog‘ida Qatarning mazkur kompaniyasi ishtirokida O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasida loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
“Qatar tomoni Toshkent shahrida 300 o‘rinli zamonaviy ko‘p tarmoqli shifoxonani davlat-xususiy sheriklik (DXSh) asosida barpo etish bo‘yicha birlamchi hujjatlarni joriy yanvar oyi oxiriga qadar yakunlanishini, loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari esa mart oyida ishlab chiqilishi boshlanishini ma’lum qildi”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, mazkur loyihani amalga oshirishning dastlabki bosqichida "Elegancia Healthcare" kompaniyasiga to‘rt nafar o‘zbek mutaxassislari ishga qabul qilinishi ta’kidlandi.
Shuningdek, "Elegancia Healthcare" kompaniyasining "The View Hospital", " Military Medical City" va "Hopital Algero Qatari Alleman" klinikalarida o‘zbekistonlik ingliz tilida erkin so‘zlasha oladigan shifokor va hamshiralarni ishga qabul qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Yangiliklar lentasi
0