https://oz.sputniknews.uz/20240110/ekvador-prezidenti-ichki-qurolli-mojaro-rejimini-joriy-qildi-41990016.html
Ekvador prezidenti ichki qurolli mojaro rejimini joriy qildi
Ekvador prezidenti ichki qurolli mojaro rejimini joriy qildi
Sputnik O‘zbekiston
Seshanba kuni niqobli noma’lum kishilar sovuq va o‘qotar qurollar bilan Guayakildagi TS telekanalining studiyasiga bostirib kirishdi. Jonli efir paytida banditlar boshlovchining ko‘ylagi cho‘ntagiga dinamit tayoq solib, "politsiya yo‘q bo‘lsin" deb qichqirishgan. Politsiya maxsus kuchlarni studiyaga yuborgan, keyinroq bir necha bosqinchilar qo‘lga olingani va odamlar evakuatsiya qilingani haqida xabar bergan. Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, hujumchilar terrorchilikda ayblanadi.Ayni paytda, Guayakilda mamlakat qamoqxonalarini qayta tashkil etish bilan bog‘liq tartibsizliklar davom etmoqda.
2024-01-10T14:15+0500
2024-01-10T14:15+0500
2024-01-10T14:15+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
ekvador
tartibsizlik
favqulodda holat
terrorchilar
terrorchi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/01/0a/41990812_115:385:3072:2048_1920x0_80_0_0_ca32e023c0c6d02400c731febee29343.jpg
TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. Ekvador prezidenti Daniyel Noboa turli shaharlarda garovga olish bilan bog‘liq tartibsizliklar fonida mamlakatda ichki qurolli mojaro rejimini joriy qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.Hujjatda davlat rahbari 20 dan ortiq guruh va tashkilotlarni sanab o‘tdi. U harbiy operatsiya doirasida ularning ishtirokchilarini zararsizlantirishni buyurdi.Seshanba kuni niqobli noma’lum kishilar sovuq va o‘qotar qurollar bilan Guayakildagi TS telekanalining studiyasiga bostirib kirishdi. Jonli efir paytida banditlar boshlovchining ko‘ylagi cho‘ntagiga dinamit tayoq solib, "politsiya yo‘q bo‘lsin" deb qichqirishgan. Politsiya maxsus kuchlarni studiyaga yuborgan, keyinroq bir necha bosqinchilar qo‘lga olingani va odamlar evakuatsiya qilingani haqida xabar bergan. Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, hujumchilar terrorchilikda ayblanadi.Ayni paytda, Guayakilda mamlakat qamoqxonalarini qayta tashkil etish bilan bog‘liq tartibsizliklar davom etmoqda.Bir kun avval Noboa qamoqxonadagi tartibsizliklar va eng yirik jinoiy guruh rahbari qochib ketganidan so‘ng, qurolli kuchlarni jazoni ijro etish tizimi ustidan nazoratni tiklashga jalb qilish maqsadida 60 kunlik favqulodda holat e’lon qildi.Ekvador hukumatining xatti-harakatlari mamlakat shaharlarida tartibsizliklar to‘lqinini keltirib chiqardi – 9-yanvarga o‘tar kechasi jinoyatchilar avtomobil va avtobuslarni yoqib yubora boshladi, Guayakilda qo‘lbola portlovchi qurilmalar ishga tushirildi. Politsiya ma’lum qilishicha, noma’lum bosqinchilar Kito va janubi-g‘arbiy Machala shahrida 24 soatdan kamroq vaqt ichida yetti nafar politsiyachini o‘g‘irlab ketishgan. Qamoqxona xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, jinoyatchilar qamoqxonalarda 125 nafar xavfsizlik xodimi va 14 nafar ma’muriy xodimni garovda ushlab turibdi.Ekvador poytaxti Kito hukumati tartibsizliklar boshlanganidan keyin xavfsizlik choralarini kuchaytirdi va mamlakat hukumatini strategik obyektlarni himoya qilish uchun armiya jalb qilishga chaqirdi.Noboa o‘tgan yilning noyabr oyi oxirida Ekvador prezidenti lavozimiga tayinlandi. Yangi davlat rahbari jinoyatchilikka qarshi kurashni o‘zining asosiy vazifalaridan biri deb atagan. Murakkab jinoiy vaziyat va giyohvand moddalar savdosi muammosini hal qilish uchun u harbiylar yordamida chegaralarni mustahkamlashni, shuningdek, yangi qamoqxonalar qurishni va ulardagi jinoyatchilar turiga qarab qamoqxonani bir necha toifalarga bo‘lishni taklif qilgan. Noboa eng xavfli mahbuslar uchun barja qamoqxonalarini yaratishni, ularni mamlakat qirg‘oqlaridan 150 kilometr uzoqlikda dengizga joylashtirishni va dronlardan kuzatishni rejalashtirgan edi.
ekvador
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/01/0a/41990812_341:0:3072:2048_1920x0_80_0_0_142573427c9370d29f33d90dcab8d4f3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ekvador qurolli mojaro mojaro urush
ekvador qurolli mojaro mojaro urush
Ekvador prezidenti ichki qurolli mojaro rejimini joriy qildi
Ekvador prezidenti qurolli to‘qnashuv rejimini joriy qildi.
TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. Ekvador prezidenti Daniyel Noboa turli shaharlarda garovga olish bilan bog‘liq tartibsizliklar fonida mamlakatda ichki qurolli mojaro rejimini joriy qildi. Bu haqda
RIA Novosti xabar bermoqda.
“Men ichki qurolli mojaroni e’lon qilish to‘g‘risidagi farmonni imzoladim va quyidagi nomilliy uyushgan jinoiy guruhlarni terrorchi tashkilotlar va urush olib borayotgan nodavlat subyektlar deb belgiladim...” – deb yozgan Noboa ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Hujjatda davlat rahbari 20 dan ortiq guruh va tashkilotlarni sanab o‘tdi. U harbiy operatsiya doirasida ularning ishtirokchilarini zararsizlantirishni buyurdi.
Seshanba kuni niqobli noma’lum kishilar sovuq va o‘qotar qurollar bilan Guayakildagi TS telekanalining studiyasiga bostirib kirishdi. Jonli efir paytida banditlar boshlovchining ko‘ylagi cho‘ntagiga dinamit tayoq solib, "politsiya yo‘q bo‘lsin" deb qichqirishgan. Politsiya maxsus kuchlarni studiyaga yuborgan, keyinroq bir necha bosqinchilar qo‘lga olingani va odamlar evakuatsiya qilingani haqida xabar bergan. Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, hujumchilar terrorchilikda ayblanadi.
Ayni paytda, Guayakilda mamlakat qamoqxonalarini qayta tashkil etish bilan bog‘liq tartibsizliklar davom etmoqda.
Bir kun avval Noboa qamoqxonadagi tartibsizliklar va eng yirik jinoiy guruh rahbari qochib ketganidan so‘ng, qurolli kuchlarni jazoni ijro etish tizimi ustidan nazoratni tiklashga jalb qilish maqsadida 60 kunlik favqulodda holat e’lon qildi.
Ekvador hukumatining xatti-harakatlari mamlakat shaharlarida tartibsizliklar to‘lqinini keltirib chiqardi – 9-yanvarga o‘tar kechasi jinoyatchilar avtomobil va avtobuslarni yoqib yubora boshladi, Guayakilda qo‘lbola portlovchi qurilmalar ishga tushirildi. Politsiya ma’lum qilishicha, noma’lum bosqinchilar Kito va janubi-g‘arbiy Machala shahrida 24 soatdan kamroq vaqt ichida yetti nafar politsiyachini o‘g‘irlab ketishgan. Qamoqxona xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, jinoyatchilar qamoqxonalarda 125 nafar xavfsizlik xodimi va 14 nafar ma’muriy xodimni garovda ushlab turibdi.
Ekvador poytaxti Kito hukumati tartibsizliklar boshlanganidan keyin xavfsizlik choralarini kuchaytirdi va mamlakat hukumatini strategik obyektlarni himoya qilish uchun armiya jalb qilishga chaqirdi.
Noboa o‘tgan yilning noyabr oyi oxirida Ekvador prezidenti lavozimiga tayinlandi. Yangi davlat rahbari jinoyatchilikka qarshi kurashni o‘zining asosiy vazifalaridan biri deb atagan. Murakkab jinoiy vaziyat va giyohvand moddalar savdosi muammosini hal qilish uchun u harbiylar yordamida chegaralarni mustahkamlashni, shuningdek, yangi qamoqxonalar qurishni va ulardagi jinoyatchilar turiga qarab qamoqxonani bir necha toifalarga bo‘lishni taklif qilgan. Noboa eng xavfli mahbuslar uchun barja qamoqxonalarini yaratishni, ularni mamlakat qirg‘oqlaridan 150 kilometr uzoqlikda dengizga joylashtirishni va dronlardan kuzatishni rejalashtirgan edi.