Qadimgi aholi, paxsa uylar, flora va fauna — Angrendagi muzeyda qanday eksponatlar bor?

Obuna bo‘lish
Bugungi kunda Angren shahri muzeyida 32 mingtadan ortiq eksponat saqlanmoqda.
Angren shahri tarixi muzeyi 1960-yil 21-sentabrda tashkil topgan. Bugungi kunda u yerda 32 mingdan ortiq eksponat saqlanmoqda. Arxeologik yodgorliklar, etnografik buyumlar va tasviriy san’at asarlari shular jumlasidan.
"Vohaning ilk yashovchilari bu qurama xalqi hisoblangan. Qurama xalqining yashash sharoitini maket, diorama tariqasida tasvirlashga harakat qilganmiz. 50-yillardagi holatlari, 10-asrdagi yashash jarayonlari: paxsa uylar, sinch devorlar, qamishli tomlar ko‘rsatilgan", — deydi muzey katta ilmiy xodimi Gulmira Solixonova.
Ma’lum qilinishcha, hozir muzeyga tashrif buyuruvchilar soni o‘tgan yili 20 ming kishini tashkil etadi.
Batafsil — Sputnik O‘zbekiston videosida.
Yangiliklar lentasi
0