Olimlar 2024-yilda rekord darajadagi issiq haroratni bashorat qilishdi

© CIATVisoxshaya zemlya
Visoxshaya zemlya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.01.2024
Obuna bo‘lish
Bloomberg: Insoniyat iqlim tizimida ma’lum bir burilish nuqtasini bosib o‘tdi.
TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. Bu yil rekord darajadagi eng issiq yil bo‘lishi mumkin. Bu haqda RIA Novosti "Bloomberg" nashriga tayanib xabar berdi.

“Birinchi navbatda, albatta, iqlim o‘zgarishi aybdor. Qazib olinadigan yoqilg‘ilarning yonishi atmosferada issiqxona gazlari miqdorini oshiradi, bu esa o‘rtacha global haroratning oshishiga olib keladi”, — deb tushuntiriladi xabarda.

Biroq, nashrning ta’kidlashicha, sodir bo‘layotgan voqealarning yana bir muhim sababi El-Nino fenomeni — Tinch okeanining ekvatorial qismidagi suv yuzasi qatlami haroratining o‘zgarishi bilan bog‘liq isish.
Shunday qilib, so‘nggi bir necha o‘n yilliklar davomida iqlim o‘zgarishi va El-Nino yoz oylarining rekord darajada issiq bo‘lishiga olib keldi, deyiladi maqolada.
Meteorolog Petteri Taalasning so‘zlariga ko‘ra, 2024-yil yanada issiqroq bo‘ladi va qurg‘oqchilik yoki toshqinlar tez-tez uchraydi.
Shunday qilib, o‘tgan yili Markaziy Amerikadagi quruq ob-havo Panama kanalini oziqlantiradigan Gatun ko‘lining qurib ketishiga olib keldi. O‘tgan yilgi yuqori harorat dengiz muzlarining katta qismini erib ketishiga sabab bo‘ldi, bu esa Shimoliy Atlantika bo‘ylab reaktiv oqimning o‘zgarishiga olib kelishi mumkin, dedi Niderlandiya Qirollik meteorologiya instituti iqlimshunosi Vikki Tompson.
Natijada Yevropadagi bo‘ronlar kuchayishi yoki yangi joylarda paydo bo‘lishi mumkin, deya qo‘shimcha qildi u. Insoniyat iqlim tizimida ma’lum bir burilish nuqtasini bosib o‘tdi, deb xulosa qiladi Bloomberg.
Avvalroq xitoylik mutaxassislar Shimoliy yarimsharda qish favqulodda iliq bo‘lishini bashorat qilgan edi. Ayrim joylarda havo harorati meyordan ikki baravar yuqori bo‘ladi.
Afrosiyob poyezdi, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.07.2023
Jazirama issiq sabab poyezdlar harakati tezligi cheklanadi
Yangiliklar lentasi
0