Bojxona qo‘mitasiga bayramda pirotexnikalardan keng foydalanilgani yuzasidan so‘rov yuborildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPrazdnichniy salyut. Arxivnoe foto
Prazdnichniy salyut. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.01.2024
Obuna bo‘lish
Toshkentda pirotexnika vositalaridan keng ko‘lamda foydalanilgani aholining e’tirozlariga sabab bo‘ldi.
TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. Bojxona qo‘mitasi raisiga Yangi yil bayramida foydalanilgan pirotexnika vositalari yuzasidan senator so‘rovi yuborildi. Bu haqda yuqori palata matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonda pirotexnika vositalarini noqonuniy ishlab chiqarish, olib kirish, tashish, saqlash va sotish taqiqlangan. Shunga qaramay, Yangi yil bayrami arafasida mamlakatning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Toshkentda ham pirotexnika vositalaridan keng ko‘lamda foydalanildi.
Bu, o‘z navbatida, aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘ldi.

“Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Qutbidin Burxonov O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi raisiga senator so‘rovini yubordi”, — deyiladi xabarda.

Unda pirotexnika vositalari bilan bog‘liq holatlardan, ayniqsa, keksalar, bemorlar, yosh bolalar va boshqa toifadagi fuqarolarning bayram kunlari tinchligi buzilgani, bu holat ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p muhokama etilib, foydalanuvchilarning bojxona organlariga e’tirozlari bayon qilingani aytib o‘tildi.
Shuningdek, so‘rovda bojxona organlari tomonidan pirotexnika vositalari bilan bog‘liq ko‘plab qonunbuzarliklar bartaraf etilgani haqida OAV orqali chiqishlar qilingani, Yangi yil bayrami kechasida esa bunday choralar kutilgan samarani bermagani qayd etildi.
“Shulardan kelib chiqib, senator Bojxona qo‘mitasi raisidan pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda mamlakatimizga olib kirish va olib chiqish yoki o‘tkazish bilan bog‘liq salbiy holatlar nima sababdan to‘liq bartaraf etilmayotgani, mazkur vositalarning noqonuniy aylanishiga qanday omillar sabab bo‘layotgani yuzasidan ma’lumot taqdim etishini so‘ragan”, —deya qo‘shimcha qilingan xabarda.
Shuningdek, qonunchilikda bu borada qanday bo‘shliqlar mavjudligi, qayd etilgan qonunbuzarliklarni to‘liq bartaraf etish bo‘yicha bojxona organlari tomonidan tezkor ravishda amalga oshiriladigan choralar haqida ma’lumotlar, shuningdek, Senatga tegishli takliflar taqdim etish so‘raldi.
O‘zbekistonda Yangi yil bayrami oldidan qancha noqonuniy pirotexnika vositalari musodara etildi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.12.2023
Yangi yil oldidan qancha noqonuniy pirotexnika musodara etildi — video
Yangiliklar lentasi
0