https://oz.sputniknews.uz/20240108/suv-sugorish-texnologiya-kredit-41958605.html
Endi suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha kreditlar ajratiladi
Endi suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha kreditlar ajratiladi
Sputnik O‘zbekiston
Suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun 14 foiz stavkada kreditlar ajratiladi.
2024-01-08T14:39+0500
2024-01-08T14:39+0500
2024-01-08T14:39+0500
jamiyat
o‘zbekiston
yangi qaror
suv
fermerlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/10/41034933_0:147:3116:1900_1920x0_80_0_0_146a283014defb087042f5b3ea68f111.jpg
TOShKENT, 8 yanv — Sputnik. Endi suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun kreditlar ajratiladi. Bu haqda prezident tomonidan qabul qilingan tegishli qarorda nazarda tutilgan.Hujjatga ko‘ra, suv xo‘jaligi tashkilotlari tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga suv yetkazib berish xizmatlari uchun to‘lovlar bekor qilinadi. Shuningdek, suv xo‘jaligi vazirligining tuman (Quvasoy shahar) irrigatsiya bo‘limlari hamda maxsus xizmatlari negizida “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari tashkil etiladi.Suv yetkazib berish xizmatlari rahbarlari amalga oshirilgan ishlar yuzasidan bir yilda ikki marta xalq deputatlari tuman Kengashlariga hisobot berib boradi.2024 yildan:Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha loyihalarga tijorat banklari tomonidan milliy valyutada ajratiladigan kreditlar bo‘yicha foiz stavkasining 10 foizdan oshadigan qismi Davlat budjeti tomonidan qoplab beriladi.Qolaversa, sug‘oriladigan yerlarda yangi bog‘lar, uzumzorlar va boshqa ko‘p yillik daraxtzorlar hamda yengil tipdagi issiqxonalarni tashkil etishda xulosalar Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan faqat suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish sharti bilan beriladi.
https://oz.sputniknews.uz/20240104/ozbekiston-suv-etkazib-berish-xizmatlari-41929317.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/10/41034933_193:0:2924:2048_1920x0_80_0_0_259faa2d614508c7364dd3f68568a7ed.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari kreditlar
suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari kreditlar
Endi suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha kreditlar ajratiladi
Suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun 14 foiz stavkada kreditlar ajratiladi.
TOShKENT, 8 yanv — Sputnik. Endi suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun kreditlar ajratiladi. Bu haqda prezident tomonidan qabul qilingan tegishli qarorda
nazarda tutilgan. Hujjatga ko‘ra, suv xo‘jaligi tashkilotlari tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga suv yetkazib berish xizmatlari uchun to‘lovlar bekor qilinadi.
Shuningdek, suv xo‘jaligi vazirligining tuman (Quvasoy shahar) irrigatsiya bo‘limlari hamda maxsus xizmatlari negizida “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari tashkil etiladi.
Suv yetkazib berish xizmatlari rahbarlari amalga oshirilgan ishlar yuzasidan bir yilda ikki marta xalq deputatlari tuman Kengashlariga hisobot berib boradi.
“Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan Davlat budjetiga tushgan tushumning 40 foizi Suv yetkazib berish xizmatlari faoliyatini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi”, — deyilgan hujjat matnida.
suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga suvkredit.uz platformasi orqali 5-yil muddatga, shundan 2-yillik imtiyozli davr bilan yillik 14 foiz stavkada kreditlar ajratiladi;
suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha xarajatlarning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga ushbu texnologiyalar joriy qilingan yilning o‘zida to‘liq miqdorda ajratiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha loyihalarga tijorat banklari tomonidan milliy valyutada ajratiladigan kreditlar bo‘yicha foiz stavkasining 10 foizdan oshadigan qismi Davlat budjeti tomonidan qoplab beriladi.
Qolaversa, sug‘oriladigan yerlarda yangi bog‘lar, uzumzorlar va boshqa ko‘p yillik daraxtzorlar hamda yengil tipdagi issiqxonalarni tashkil etishda xulosalar Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan faqat suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish sharti bilan beriladi.