Rossiya Ukraina harbiy obyektlariga "Xanjarlar" bilan zarba berdi

© Sputnik / Vladimir SergeyevMnogotselevoy istrebitel MiG-31 s giperzvukovoy raketoy "Kinjal"
Mnogotselevoy istrebitel MiG-31 s giperzvukovoy raketoy Kinjal - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.01.2024
Obuna bo‘lish
Mudofaa vazirligi: Rossiya Qurolli Kuchlari Ukraina harbiy-sanoat majmuasiga qarshi gipertovushli qurollardan foydalandi.
TOShKENT, 8 yanv — Sputnik. Rossiya qo‘shinlari Ukrainadagi harbiy va sanoat obyektlariga "Xanjar" (Kinjal) gipertovushli raketa tizimi bilan guruhli zarba berdi. Bu haqda RIA Novosti Rossiya mudofaa vazirligiga tayanib xabar berdi.

“Bugun ertalab Ukraina harbiy-sanoat majmuasi nishonlariga yuqori aniqlikdagi, uzoq masofaga uchuvchi, dengiz va havo qurollari, shu jumladan “Xanjar” gipertovushli raketa majmuasi bilan guruhli zarba berildi”, — deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, raketa qo‘shinlari, artilleriya va hujumchi uchuvchisiz qurilmalar 108 ta hududda Ukraina Qurolli kuchlarining shaxsiy tarkibi va texnikasiga hamda o‘q otish pozitsiyalarida 113 ta artilleriya bo‘linmalariga hujum qildi. Xususan, ular 101-hududiy mudofaa brigadasi komandirlari uchrashadigan joyga zarba berishdi.
Yangiliklar lentasi
0