https://oz.sputniknews.uz/20240108/quvayt-shifokor-fargona-bolalar-bepul-jarrohlik-amaliyot-41962555.html
Kuvaytlik shifokorlar Farg‘onada bepul jarrohlik amaliyotlarini olib bormoqda
Kuvaytlik shifokorlar Farg‘onada bepul jarrohlik amaliyotlarini olib bormoqda
Sputnik O‘zbekiston
Viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida kuvaytlik mutaxassislar tomonidan 60 ta yuqori texnologik murakkab jarrohlik amaliyotlari o‘tkaziladi.
2024-01-08T15:44+0500
2024-01-08T15:44+0500
2024-01-08T15:44+0500
jamiyat
o‘zbekiston
farg‘ona viloyati
bolalar
jarrohlik amaliyoti
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/01/08/41962782_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_d8a879aa6d0dbf8254fe2cf7c50e60f7.jpg
TOShKENT, 8 yanv — Sputnik. Kuvaytlik shifokorlar Farg‘ona viloyatidagi 60 nafar ehtiyojmand oila farzandlari uchun murakkab kardiojarrohlik amaliyotlari xayriya tadbirini o‘tkazmoqda. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.Kuvaytning “Gulf Care General Trade” kompaniyasi tizimiga kiruvchi klinikalarda faoliyat yurituvchi 20 nafarga yaqin shifokorlar va tibbiyot xodimlaridan iborat guruh Farg‘onada tibbiyot sohasida yirik investitsion loyihani amalga oshirmoqda.Ular viloyatdagi ehtiyojmand oila farzandlari uchun murakkab bolalar kardiojarrohlik amaliyotlari xayriya tadbirini o‘tkazishni boshladi.Ushbu bemor bolalar 2023-yil iyul oyida kuvaytlik shifokorlar tomonidan viloyatda o‘tkazilgan tibbiy ko‘rik davomida saralab olingan.
o‘zbekiston
farg‘ona viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/01/08/41962782_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_72c62350362c2f11b0eb224811dff959.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
farg‘ona viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi kuvaytlik mutaxassislar murakkab jarrohlik amaliyoti
farg‘ona viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi kuvaytlik mutaxassislar murakkab jarrohlik amaliyoti
Kuvaytlik shifokorlar Farg‘onada bepul jarrohlik amaliyotlarini olib bormoqda
Viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida kuvaytlik mutaxassislar tomonidan 60 ta yuqori texnologik murakkab jarrohlik amaliyotlari o‘tkaziladi.
TOShKENT, 8 yanv — Sputnik. Kuvaytlik shifokorlar Farg‘ona viloyatidagi 60 nafar ehtiyojmand oila farzandlari uchun murakkab kardiojarrohlik amaliyotlari xayriya tadbirini o‘tkazmoqda. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati
xabar berdi. Kuvaytning “Gulf Care General Trade” kompaniyasi tizimiga kiruvchi klinikalarda faoliyat yurituvchi 20 nafarga yaqin shifokorlar va tibbiyot xodimlaridan iborat guruh Farg‘onada tibbiyot sohasida yirik investitsion loyihani amalga oshirmoqda.
Ular viloyatdagi ehtiyojmand oila farzandlari uchun murakkab bolalar kardiojarrohlik amaliyotlari xayriya tadbirini o‘tkazishni boshladi.
“16 yanvarga qadar viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida quvaytlik mutaxassislar tomonidan 60 ta yuqori texnologik murakkab jarrohlik amaliyotlari, shu jumladan, intervension kardiologik amaliyotlar bepul o‘tkazilishi belgilangan”, — deyiladi xabarda.
Ushbu bemor bolalar 2023-yil iyul oyida kuvaytlik shifokorlar tomonidan viloyatda o‘tkazilgan tibbiy ko‘rik davomida saralab olingan.