Toshkentda iste’molga yaroqsiz ayrim mahsulotlar savdodan olindi

© Sputnik / Abdubakir YunusovProdukti pitaniya
Produkti pitaniya  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.01.2024
Obuna bo‘lish
Bozor rastalarida sotilayotgan mahsulotlarning sifati, ularning iste’molga yaroqliligi nazorat qilinmoqda.
TOShKENT, 7 yanv — Sputnik. Toshkentda iste’molga yaroqsiz ayrim mahsulotlar savdodan olindi. Bu haqda Sanepidqo‘mita xabar berdi.
Bozor rastalarida sotilayotgan mahsulotlarning sifati, ularning iste’molga yaroqliligi nazorat qilinmoqda.
"Kunlik nazorat tadbirlari tashkil etilib, iste’molga yaroqsiz bo‘lgan mahsulotlar savdosi bartaraf etib borilmoqda", — deyiladi xabarda.
Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Olmazor tuman bo‘limi mutaxassislari hamda Veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi xodimlari Qoraqamish dehqon bozorining Tansiqboyev shoxobchasida o‘rganishlar olib borishdi.
Ularda sotuvchilarning sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilgan holda maxsus kiyimlarda faoliyat olib borishlari va mahsulotlarning sifati o‘rganilgan.
Iste’mol uchun yaroqsiz deb topilib, savdodan olingan mahsulotlar:
ikkilamchi idishlarda sotilayotgan 12 litr sut mahsuloti;
4 kg. poliyetilen idishlarga tuzlangan achchiq qalampir;
14 kg. noma’lum sharoitda tayyorlangan lag‘mon va manpar xamiri.
Xabarda ikkilamchi idishlarda sotilayotgan mahsulotlar salomatlik uchun xavfli ekani eslatib o‘tilgan.
Yangiliklar lentasi
0