https://oz.sputniknews.uz/20240107/sariosiyo-toshkent-ilk-sinov-parvoz-41944666.html
Sariosiyo – Toshkent yo‘nalishida ilk sinov parvozi amalga oshirildi
Sariosiyo – Toshkent yo‘nalishida ilk sinov parvozi amalga oshirildi
Sputnik O‘zbekiston
Surxondaryo viloyatiga "ATR-72", "Let L-410" va undan kichik turdagi havo kemalari orqali aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi.
2024-01-07T10:40+0500
2024-01-07T10:40+0500
2024-01-07T10:40+0500
jamiyat
o‘zbekiston
aviaparvozlar
toshkent
termiz
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/01/07/41945037_0:133:1280:853_1920x0_80_0_0_794551e4602dda25bf3a0f04f425d930.jpg
TOShKENT, 7 yanv — Sputnik. "Toshkent – Termiz", "Termiz – Sariosiyo", "Sariosiyo – Toshkent" yo‘nalishida ilk sinov parvozlari amalga oshirildi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi. Qayd etilishicha, Transport vazirligi, Fuqaro aviatsiyasi agentligi, “Uzbekistan airways” AJ va “Uzbekistan airports” AJning tegishli mutaxassis va ekspertlaridan iborat ishchi guruh 5-yanvar kuni "Let L-410" havo kemasida Toshkent – Termiz, Termiz – Sariosiyo, Sariosiyo – Toshkent yo‘nalishida ilk sinov parvozlarini amalga oshirdi.Ishchi guruh Sariosiyo aerodromidan fuqaro aviatsiyasi parvozlarida foydalanish talablari, mavjud infratuzilma, Sariosiyo aerodromining "ATR-72" havo kemalarini qabul qilish imkoniyatlarini o‘rgandi. Shuningdek, fuqaro aviatsiyasi xalqaro normalariga muvofiq yo‘lovchi terminalini barpo etish va zaruriy infratuzilmani yaratish bo‘yicha vazifalar belgilandi.Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning noyabr oyida prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan Sariosiyo aeroportida fuqaro aviatsiyasi faoliyatini tiklash, kelgusi yildan Sariosiyodan Samarqand va Toshkentga muntazam reyslarni yo‘lga qo‘yish, Termizdan Istanbul, Farg‘ona, Buxoro va Xorazmga reyslarni ko‘paytirish topshirilgan edi.
o‘zbekiston
termiz
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/01/07/41945037_63:0:1200:853_1920x0_80_0_0_e7557e2ede1d4661183b8f32998746a3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sariosiyo – toshkent ilk sinov parvozi surxondaryo viloyati "atr-72" "let l-410"
sariosiyo – toshkent ilk sinov parvozi surxondaryo viloyati "atr-72" "let l-410"
Sariosiyo – Toshkent yo‘nalishida ilk sinov parvozi amalga oshirildi
Surxondaryo viloyatiga "ATR-72", "Let L-410" va undan kichik turdagi havo kemalari orqali aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi.
TOShKENT, 7 yanv — Sputnik. "Toshkent – Termiz", "Termiz – Sariosiyo", "Sariosiyo – Toshkent" yo‘nalishida ilk sinov parvozlari amalga oshirildi. Bu haqda Transport vazirligi
xabar berdi. Qayd etilishicha, Transport vazirligi, Fuqaro aviatsiyasi agentligi, “Uzbekistan airways” AJ va “Uzbekistan airports” AJning tegishli mutaxassis va ekspertlaridan iborat ishchi guruh 5-yanvar kuni "Let L-410" havo kemasida Toshkent – Termiz, Termiz – Sariosiyo, Sariosiyo – Toshkent yo‘nalishida ilk sinov parvozlarini amalga oshirdi.
Ishchi guruh Sariosiyo aerodromidan fuqaro aviatsiyasi parvozlarida foydalanish talablari, mavjud infratuzilma, Sariosiyo aerodromining "ATR-72" havo kemalarini qabul qilish imkoniyatlarini o‘rgandi.
Shuningdek, fuqaro aviatsiyasi xalqaro normalariga muvofiq yo‘lovchi terminalini barpo etish va zaruriy infratuzilmani yaratish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
"Belgilangan vazifalar amalga oshirilganidan so‘ng Turizm qo‘mitasi hamda Surxondaryo viloyat hokimligi tomonidan hududga jalb etilgan turistlarni va mahalliy aholini aviamobilligini ta’minlash bo‘yicha "ATR-72", "Let L-410" va undan kichik turdagi havo kemalari orqali aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi", — deyilagan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning noyabr oyida prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan Sariosiyo aeroportida fuqaro aviatsiyasi faoliyatini tiklash, kelgusi yildan Sariosiyodan Samarqand va Toshkentga muntazam reyslarni yo‘lga qo‘yish, Termizdan Istanbul, Farg‘ona, Buxoro va Xorazmga reyslarni ko‘paytirish topshirilgan edi.