Endi migrantlar Rossiyada ish boshlagani haqida IIVni xabardor qilishlari kerak

© Sputnik / Abdubakir YunusovRabochie na stroitelnoy ploshadke na odnom iz ulis Tashkenta
Rabochie na stroitelnoy ploshadke na odnom iz ulis Tashkenta  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.01.2024
Obuna bo‘lish
Vazirlikning tegishli buyrug‘i 7-yanvardan kuchga kiradi.
TOShKENT, 7 yanv — Sputnik. Bugundan boshlab migrantlar Rossiyada ish boshlagani haqida Ichki ishlar vazirligini xabardor qilishlari kerak. Bu haqda vazirlikning tegishli hujjatida nazarda tutilgan.
O‘tgan yili Rossiya Ichki ishlar vazirligi xorijliklar Rossiyada ishga joylashish yoki patent olishda to‘ldirishlari kerak bo‘lgan xabarnoma shaklini tasdiqlagan edi. Bugundan hujjat kuchga kiradi.
Rossiya fuqaroligini olishni osonlashtiruvchi kasblar ro‘yxati yangilandi
"Patent olgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs tomonidan mehnat faoliyatini amalga oshirganligi to‘g‘risida xabarnoma patent berilgan kundan boshlab ikki oy ichida patent bergan Rossiya Ichki ishlar vazirligining viloyat va tuman darajasidagi hududiy organiga taqdim etiladi”, — deyiladi hujjatda.
Xabarnoma rus tilida qo‘lda yoki kompyuterda to‘ldirilishi mumkin. Shuningdek, unga mehnat shartnomasining nusxasi ham ilova qilinishi kerak. Shundan so‘ng, hujjatlar Ichki ishlar vazirligining hududiy boshqarmasiga topshirilishi lozim.
Migrantlar moskvaliklarga qaraganda sofdilroq ekani ma’lum bo‘ldi
MDH migratsiya sohasida yanada moslashuvchan yechimlarga muhtoj – O‘zbekiston IIV
Putin mehnat migrantlari bilan bog‘liq muammoni oddiy emas deb atadi
Stoimost patenta dlya migrantov v regionax Rossii v 2024 godu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.12.2023
2024 yilda Rossiyada migrantlar uchun patent narxi qancha bo‘ladi?
Yangiliklar lentasi
0