Bayden saylovdan oldin AQShni yo‘q qilishi mumkin —Tramp

© AP Photo / Steven SenneDonald Tramp vistupayet na lilovom lanche Federatsii jenshin-respublikansev Nyu-Gempshira, vtornik, 27-iyunya 2023 goda.
Donald Tramp vistupayet na lilovom lanche Federatsii jenshin-respublikansev Nyu-Gempshira, vtornik, 27-iyunya 2023 goda. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.01.2024
Obuna bo‘lish
Tramp: Bayden saylov oldidan jahon urushini tashkil etish va AQShni yo‘q qilish holatida.
TOShKENT, 7 yanv — Sputnik. AQSh prezidenti Jo Bayden mamlakatdagi prezidentlik saylovlariga qolgan o‘n oy ichida uchinchi Jahon urushini o‘tkazish va Amerikani yo‘q qilish holatida. Bu haqda sobiq prezident Donald Tramp Ayovadagi mitingda ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“Ular hech kimga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishmaydi. Shunday qilib, siz uchinchi jahon urushida bo‘lib qolishingiz mumkin. Garchi biz saylovlarga yaqin bo‘lsak-da, yetarlicha yaqin emasmiz. <…> O‘n oy ichida ular mamlakatimizni butunlay yo‘q qilishlari mumkin", —dedi u.
Tramp, shuningdek, Ukraina va Yaqin Sharqdagi mojarolarga yo‘l qo‘ymasligi haqidagi da’volarini takrorladi. Shuningdek, Koreya yarim orolidagi vaziyatni nazorat ostida ushlab turishi, chunki Baydendan farqli o‘laroq, u dunyo yetakchilari bilan qanday til topishishni bilishini aytdi.
“Putin bilan til topishganim ularga yoqmadi. Ammo men 1,6 ming yadro quroliga ega bo‘lgan odamlar bilan til topishishni yaxshi ko‘raman”, — dedi bo‘lajak saylovlar natijalaridan keyin Oq uyga qaytishni kutayotgan Tramp.
U o‘zini Amerikani qutqara oladigan yagona nomzod deb atadi va uning davrida amerikaliklar Uchinchi jahon urushiga duch kelmasligiga va’da berdi.
Yangiliklar lentasi
0