Pentagon Kiyevga 4,2 milliard dollar yordam o‘tkaza olmasligini ma’lum qildi

CC BY-SA 2.0 / David B. Gleason / The PentagonShtab-kvartira Ministerstva oboroni SShA
Shtab-kvartira Ministerstva oboroni SShA - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.01.2024
Obuna bo‘lish
Kongress AQSh prezidenti Jo Baydenning Ukrainaga yordam berish so‘rovini ma’qullamaguncha, AQSh Kiyevga yordam bera olmaydi, deya qo‘shimcha qildi Pentagon vakili.
TOShKENT, 5 yanv — Sputnik. Pentagon Kiyevga qurol yetkazib berish uchun 4,2 milliard dollar sarflashga faqat rasmiy vakolatga ega, biroq u AQSh Kongressi moliyalashtirishni tasdiqlamay turib, Ukrainaga mablag‘ ajrata olmaydi, deya ma’lum qildi idora matbuot kotibi Patrik Rayder.
Bu yerda gap AQSh prezidentining qurol-yarog‘ o‘tkazish dasturi (PDA) doirasidagi mablag‘lar – Amerika omborlaridan qurol yuborish haqida ketmoqda. Pentagon, Rayderning so‘zlariga ko‘ra, dastur doirasida taxminan 4,2 milliard dollar sarflash huquqiga ega.
"Biz ularni sarflash huquqiga egamiz [...], ammo zaxiralarni to‘ldirishga imkonimiz yo‘q", – dedi u brifingda.
Kongress AQSh prezidenti Jo Baydenning, jumladan Ukrainaga yordam berish so‘rovini ma’qullamaguncha, AQSh Kiyevga yordam bera olmaydi, deya qo‘shimcha qildi Pentagon vakili.
Rayder aytayotgan mablag‘lar Ukrainaga yetkazilgan yordamni baholashda xatolik aniqlanganidan keyin paydo bo‘ldi, bu Pentagonga Kiyevga yordam uchun olti milliard dollardan ko‘proq mablag‘ sarflash imkonini berdi.
Yaqinda Davlat departamenti matbuot kotibi Metyu Miller AQSh Ukrainaga "qancha kerak bo‘lsa, shuncha" yordam berishini, lekin o‘tgan yillardagidek yordam berish shart emasligini aytdi. U Kiyev Vashingtonning qo‘shimcha yordamisiz juda qiynalib qolishini ta’kidlab, kongressmenlar bu borada kelishuvga erishishiga umid bildirdi.
Avvalroq Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi AQSh endi Kiyevni qo‘llab-quvvatlash uchun imkoniyatga ega emasligini aytgan edi. Shuningdek, u 27-dekabr kuni prezident Jo Bayden tomonidan imzolangan so‘nggi yordam paketi haligacha Ukrainaga to‘liq yetkazilmaganini ta’kidladi. Kirbining so‘zlariga ko‘ra, bunga “bir necha haftalar” ketishi mumkin.
Dekabr oyi oxirida AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken 2023-yilda Ukrainaga 250 million dollarlik "yakuniy" harbiy yordam paketi o‘tkazilishini e’lon qildi. Oq uy ogohlantirganidek, bu Kiyevni qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘llanayotgan mablag‘ni tugatadi. Kongress qo‘shimcha mablag‘ni tasdiqlamaguncha yangi qurol va o‘q-dorilar ta’minlanmaydi.
AQSh prezidenti Jo Baydenning Ukrainaga yordam so‘rashi har ikki palata tomonidan ma’qullanishi kerak. Shu bilan birga, respublikachilar davlat rahbari ma’muriyati AQSh chegarasini qo‘riqlash bo‘yicha yondashuvlarini o‘zgartirmaguncha, Kiyev rasmiylariga mablag‘ ajratilishini qo‘llab-quvvatlamasliklarini ma’lum qilishdi. Natijada murosaga kelinmadi, Vakillar palatasi esa qishki ta’tilga chiqdi.
Yangiliklar lentasi
0