https://oz.sputniknews.uz/20240105/eoii-mamlakatlari-uchun-qutqaruv-vositalari-yangi-standartlar-qachondan-kuchga-kiradi-41937266.html
YeOII mamlakatlari uchun qutqaruv vositalari: yangi standartlar qachondan kuchga kiradi?
YeOII mamlakatlari uchun qutqaruv vositalari: yangi standartlar qachondan kuchga kiradi?
Sputnik O‘zbekiston
Ta’kidlanishicha, davlatlararo standartlar Rossiya Federatsiyasining o‘xshash milliy standartlari asosida ishlab chiqilgan.
2024-01-05T19:00+0500
2024-01-05T19:00+0500
2024-01-05T19:00+0500
yeoii
rossiya
dunyoda
dunyo yangiliklari
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1217/61/12176115_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_80f3a5ec1a21ab9ad39665ce24607f8b.jpg
TOShKENT, 5 yanv — Sputnik. 2024-yil 1-martdan boshlab YeOII mamlakatlaridagi favqulodda vaziyatlar zonalarida ishlash uchun gidravlik va pnevmatik avariya-qutqaruv vositalariga qo‘yiladigan texnik talablarni belgilaydigan ikkita yangi davlatlararo standartlar kuchga kiradi, deb yozadi RIA Novosti.Hujjatlar mazkur institut olimlari tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, joriy yilning 1-martidan kuchga kiradi.Ta’kidlanishicha, davlatlararo standartlar Rossiya Federatsiyasining o‘xshash milliy standartlari asosida ishlab chiqilgan.Yangi standartlar avariya-qutqaruv vositalarining unifikatsiyasini, ularning tarkibiy qismlari, butlovchi qismlari va materiallarining mosligi va almashinishini, shuningdek, ularning nomenklaturasini optimallashtirishni ta’minlaydi. Davlatlararo standartlardan foydalanish vosita va uning tarkibiy qismlariga qo‘yiladigan talablarni tartibga solish va tizimlashtirishga yordam beradi, favqulodda vaziyatlarga javob berish kontekstida YeOII mamlakatlarida xavfsizlik darajasini oshiradi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1217/61/12176115_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_593044573859627559af9fb64f9f55f7.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yeoii mamlakatlari uchun qutqaruv vositalari: yangi standartlar qachondan kuchga kiradi?
yeoii mamlakatlari uchun qutqaruv vositalari: yangi standartlar qachondan kuchga kiradi?
YeOII mamlakatlari uchun qutqaruv vositalari: yangi standartlar qachondan kuchga kiradi?
Ta’kidlanishicha, davlatlararo standartlar Rossiya Federatsiyasining o‘xshash milliy standartlari asosida ishlab chiqilgan.
TOShKENT, 5 yanv — Sputnik. 2024-yil 1-martdan boshlab YeOII mamlakatlaridagi favqulodda vaziyatlar zonalarida ishlash uchun gidravlik va pnevmatik avariya-qutqaruv vositalariga qo‘yiladigan texnik talablarni belgilaydigan ikkita yangi davlatlararo standartlar kuchga kiradi, deb yozadi RIA Novosti.
“Birinchi marta tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarda qo‘llaniladigan gidravlik va pnevmatik avariya-qutqaruv vositalariga qo‘yiladigan umumiy texnik talablarni belgilovchi ikkita davlatlararo standart tasdiqlandi: “Favqulodda vaziyatlarda xavfsizlik. Gidravlik avariya-qutqaruv vositasi. Umumiy texnik talablar”, “Favqulodda vaziyatlarda xavfsizlik. Pnevmatik avariya-qutqaruv vositasi. Umumiy texnik talablar”, - deyiladi Fuqarolik mudofaasi va favqulodda vaziyatlar bo‘yicha Butunrossiya ilmiy-tadqiqot instituti saytida.
Hujjatlar mazkur institut olimlari tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, joriy yilning 1-martidan kuchga kiradi.
“Davlatlararo standartlar 2023-yil 1-iyundan boshlab YeOIIning “Fuqaro mudofaasi va tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan himoya qilish uchun mo‘ljallangan mahsulotlar xavfsizligi to‘g‘risida”gi texnik reglamenti kuchga kirishi munosabati bilan tayyorlangan. Barcha manfaatdor tomonlarni tayyorlash va moslashtirish uchun o‘tish davri 2025-yil 1-yanvarda yakunlanadi”, — deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, davlatlararo standartlar Rossiya Federatsiyasining o‘xshash milliy standartlari asosida ishlab chiqilgan.
Yangi standartlar avariya-qutqaruv vositalarining unifikatsiyasini, ularning tarkibiy qismlari, butlovchi qismlari va materiallarining mosligi va almashinishini, shuningdek, ularning nomenklaturasini optimallashtirishni ta’minlaydi. Davlatlararo standartlardan foydalanish vosita va uning tarkibiy qismlariga qo‘yiladigan talablarni tartibga solish va tizimlashtirishga yordam beradi, favqulodda vaziyatlarga javob berish kontekstida YeOII mamlakatlarida xavfsizlik darajasini oshiradi.