AQShda strategik bombardimonchi samolyoti halokatga uchradi

© CC0 / U.S. Air Force/Staff Sgt. Aaron AllmonStrategicheskiy bombardirovshik VVS SShA B-1 Lancer
Strategicheskiy bombardirovshik VVS SShA B-1 Lancer  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.01.2024
Obuna bo‘lish
Bombardimonchi samolyoti aerodromga qo‘nmoqchi bo‘lgan vaqtda halokatga uchragan. Harbiylar hodisa sabablarini aniqlashga kirishgan.
TOShKENT, 5 yanv — Sputnik. Janubiy Dakotada AQSh Harbiy-havo kuchlarining B-1B Lancer strategik bombardimonchi samolyoti halokatga uchradi. Bu haqda “USA Today” harbiy-havo kuchlari qo‘mondonligi ma’lumotlari darak berdi.
"To‘rt ekipaj a’zosi samolyot bortida o‘quv mashg‘ulotlari uchun bo‘lgan va xavfsiz tarzda katapulta qilingan", – deyiladi materialda.
Bombardimonchi samolyoti aerodromga qo‘nmoqchi bo‘lgan vaqtda halokatga uchragan. Harbiylar hodisa sabablarini aniqlashga kirishgan.
O‘tgan yil oxirida Amerikaning F-16 qiruvchi samolyoti Janubiy Koreyada halokatga uchragan edi.
B-1B Lancer – o‘zgaruvchan qanotli tezkor strategik bombardimonchi bo‘lib, samolyot 1970 va 1980-yillarda Rockwell International tomonidan ishlab chiqilgan. Bombardimonchining maksimal tezligi soatiga 2,3 ming kilometrni tashkil qiladi. Lancer'ning maksimal uchish massasi 216 tonnani, jangovar radiusi esa 5,5 ming kilometrni tashkil qiladi.
Yangiliklar lentasi
0