https://oz.sputniknews.uz/20240104/yangi-yil-quvonchi-11-ming-nafar-bola-prezident-sovgalari-41915951.html
Yangi yil quvonchi: 11 ming nafar bolaga "Prezident sovg‘asi" topshirildi
Yangi yil quvonchi: 11 ming nafar bolaga "Prezident sovg‘asi" topshirildi
Sputnik O‘zbekiston
Bu safar 3 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan 11 ming nafar bolaga “Prezident sovg‘asi” tayyorlandi.
2024-01-04T11:17+0500
2024-01-04T11:17+0500
2024-01-04T11:17+0500
video
o‘zbekiston
yangi yil
prezident sovg‘asi
yangi yil
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/01/04/41919829_0:0:711:400_1920x0_80_0_0_5b1ed1b578e8802cb4291ac92c2a8fca.jpg
An’anaga ko‘ra, Yangi yil bayramlari oldidan “Mehribonlik” va “Muruvvat” mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, “SOS” mahallalari, ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar va ota-onasi Vatan sarhadlarini himoya qilish yo‘lida halok bo‘lganlar, shuningdek, Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiya markazining “Mehrli maktab” o‘quvchilariga mamlakat prezidenti nomidan sovg‘alar topshiriladi.Bu safar 3 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan 11 ming nafar bolaga “Prezident sovg‘asi” tayyorlandi. Har bir sovg‘adan shirinliklar, kanselyariya buyumlari, smart-soatlar va boshqa sovg‘alar joy oldi. 12 yoshdan oshgan 1600 nafar o‘smirga planshetlar sovg‘a qilindi.“Prezident sovg‘asi” mamlakatning 10 ta viloyatiga samolyotda, qolganlariga yuk tashuvchi avtomashinalarda jo‘natildi.Tantanali va bayramona muhitda sovg‘alar Toshkentdagi 30-sonli Mehribonlik uyining 97 nafar tarbiyalanuvchisiga ham topshirildi. Bolalarga prezident sovg‘alari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining o‘rinbosari, shuningdek, boshqa vazirlirliklar tomonidan topshirildi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/01/04/41919829_40:0:573:400_1920x0_80_0_0_eb012986c230c68892e6e4cf5160e108.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
“prezident sovg‘asi” bolalar yangi yil
“prezident sovg‘asi” bolalar yangi yil
Yangi yil quvonchi: 11 ming nafar bolaga "Prezident sovg‘asi" topshirildi
Bu safar 3 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan 11 ming nafar bolaga “Prezident sovg‘asi” tayyorlandi.
An’anaga ko‘ra, Yangi yil bayramlari oldidan “Mehribonlik” va “Muruvvat” mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, “SOS” mahallalari, ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar va ota-onasi Vatan sarhadlarini himoya qilish yo‘lida halok bo‘lganlar, shuningdek, Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiya markazining “Mehrli maktab” o‘quvchilariga mamlakat prezidenti nomidan sovg‘alar topshiriladi.
Bu safar 3 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan 11 ming nafar bolaga “Prezident sovg‘asi” tayyorlandi. Har bir sovg‘adan shirinliklar, kanselyariya buyumlari, smart-soatlar va boshqa sovg‘alar joy oldi. 12 yoshdan oshgan 1600 nafar o‘smirga planshetlar sovg‘a qilindi.
“Prezident sovg‘asi” mamlakatning 10 ta viloyatiga samolyotda, qolganlariga yuk tashuvchi avtomashinalarda jo‘natildi.
Tantanali va bayramona muhitda sovg‘alar Toshkentdagi 30-sonli Mehribonlik uyining 97 nafar tarbiyalanuvchisiga ham topshirildi. Bolalarga prezident sovg‘alari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining o‘rinbosari, shuningdek, boshqa vazirlirliklar tomonidan topshirildi.