https://oz.sputniknews.uz/20240104/ukraina-asir-248-nafar-rus-askar-41919349.html
Ukraina asirligidan 248 nafar rus askari qaytarildi
Ukraina asirligidan 248 nafar rus askari qaytarildi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiyalik harbiy xizmatchilar Kiyev rejimi nazorati ostidagi hududdan qaytarildi.
2024-01-04T12:04+0500
2024-01-04T12:04+0500
2024-01-04T12:04+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
rossiya
ukraina
harbiylar
harbiy
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/16/30150828_0:40:1280:760_1920x0_80_0_0_d0c2275a09f7470e913b2312d4864bc4.jpg
TOShKENT, 4 yanv — Sputnik. Birlashgan Arab Amirliklari vositachiligi yordamida 248 nafar rossiyalik harbiy Ukraina asirligidan qaytarildi. Bu haqda RIA Novosti Rossiya Mudofaa vazirligiga tayanib xabar berdi.Inson huquqlari bo‘yicha vakili Tatana Moskalkova aniqlik kiritishicha, 75 nafar harbiy xizmatchi almashinuvsiz qaytarilgan. Vaziyatdan xabardor manbaning RIA Novostiga bergan xabariga ko‘ra, “ilgari almashtirilgan besh nafar “Azov”* tuzilmasi jangarilari barcha kelishuvlarni buzgan holda Turkiyadan Ukrainaga olib ketilganidan keyin” Rossiya vakolatli organlarining tinimsiz harakati natijasida bu imkoniyat paydo bo‘ldi.Iyul oyida Vladimir Zelenskiy Turkiyaga tashrif buyurdi, shundan so‘ng bir necha “Azov”* yetakchilari u bilan birga Kiyevga qaytib kelishdi. Ular 2022-yilning may oyida Mariupoldagi “Azovstal” zavodiga hujum paytida qo‘lga olingan, o‘tgan yilning sentabrida esa Ukrainaga harbiy asir almashish uchun topshirilgan. O‘shanda Rossiya 56 kishini qabul qilgan. Kelishuv shartlariga ko‘ra, jangarilar mojaro tugaguncha Turkiyada qolishi kerak edi.Mudofaa vazirligining ta’kidlashicha, ozod etilganlarning barchasiga zarur tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatilmoqda.Dekabr oyi o‘rtalarida prezident Vladimir Putin so‘nggi paytlarda ukrainalik harbiy asirlar soni keskin oshganini aytdi. O‘tgan yilning so‘nggi haftasida yarmi Kupansk yo‘nalishida bo‘lgan Ukraina qurolli kuchlarining 43 nafar askari rus qo‘shinlariga taslim bo‘ldi.*Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/16/30150828_107:0:1174:800_1920x0_80_0_0_2fcf5928909210832073a75dc5071871.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiyalik harbiy xizmatchilar kiyev rejimi asir
rossiyalik harbiy xizmatchilar kiyev rejimi asir
Ukraina asirligidan 248 nafar rus askari qaytarildi
Rossiyalik harbiy xizmatchilar Kiyev rejimi nazorati ostidagi hududdan qaytarildi.
TOShKENT, 4 yanv — Sputnik. Birlashgan Arab Amirliklari vositachiligi yordamida 248 nafar rossiyalik harbiy Ukraina asirligidan qaytarildi. Bu haqda
RIA Novosti Rossiya Mudofaa vazirligiga tayanib xabar berdi.
“3 yanvar kuni murakkab muzokaralar jarayoni natijasida 248 nafar rossiyalik harbiy xizmatchi Kiyev rejimi nazorati ostidagi hududdan qaytarildi”, – deyiladi bayonotda.
Inson huquqlari bo‘yicha vakili Tatana Moskalkova aniqlik kiritishicha, 75 nafar harbiy xizmatchi almashinuvsiz qaytarilgan. Vaziyatdan xabardor manbaning RIA Novostiga bergan xabariga ko‘ra, “ilgari almashtirilgan besh nafar “Azov”* tuzilmasi jangarilari barcha kelishuvlarni buzgan holda Turkiyadan Ukrainaga olib ketilganidan keyin” Rossiya vakolatli organlarining tinimsiz harakati natijasida bu imkoniyat paydo bo‘ldi.
Iyul oyida Vladimir Zelenskiy Turkiyaga tashrif buyurdi, shundan so‘ng bir necha “Azov”* yetakchilari u bilan birga Kiyevga qaytib kelishdi. Ular 2022-yilning may oyida Mariupoldagi “Azovstal” zavodiga hujum paytida qo‘lga olingan, o‘tgan yilning sentabrida esa Ukrainaga harbiy asir almashish uchun topshirilgan. O‘shanda Rossiya 56 kishini qabul qilgan. Kelishuv shartlariga ko‘ra, jangarilar mojaro tugaguncha Turkiyada qolishi kerak edi.
Mudofaa vazirligining ta’kidlashicha, ozod etilganlarning barchasiga zarur tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatilmoqda.
“Rossiya havo-kosmik kuchlarining harbiy-transport samolyotlari harbiy xizmatchilarni Mudofaa vazirligining tibbiyot muassasalariga davolash va reabilitatsiya qilish uchun yetkazib beradi”, — qo‘shimcha qildi vazirlik.
Dekabr oyi o‘rtalarida prezident Vladimir Putin so‘nggi paytlarda ukrainalik harbiy asirlar soni keskin oshganini aytdi. O‘tgan yilning so‘nggi haftasida yarmi Kupansk yo‘nalishida bo‘lgan Ukraina qurolli kuchlarining 43 nafar askari rus qo‘shinlariga taslim bo‘ldi.
*Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.