O‘zbekiston “Qizil” toifaga kiritilgan maktablar sonini kamaytirdi

© Ministerstvo doshkolnogo i shkolnogo obrazovaniyaV Buxare postroili novoe zdanie shkoli-internata dlya detey s narusheniyami zreniya
V Buxare postroili novoe zdanie shkoli-internata dlya detey s narusheniyami zreniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.01.2024
Obuna bo‘lish
O‘tgan yili respublikadagi umumta’lim maktablari soni 10 163 taga, bog‘chalar soni esa 33 942 taga yetkazildi.
TOShKENT, 4 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda “Qizil” toifaga kiritilgan maktablar soni 1 526 tadan 404 ta kamaytirildi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, o‘tgan yili respublikadagi bog‘chalar soni 33 942 taga yetkazildi. 3-7 yoshli bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishi 74 foizga, 6 yoshli bolalarning maktabga tayyorlov qamrovi 93 foizga yetkazildi.
Axborot gigiyenasi bolalarga bog‘chadan singdirilishi kerak — ekspert Dmitriy Yegorchenkov
Davlat-xususiy sherikchilik asosida 71 ta, oilaviy shaklda 4,5 minga yaqin nodavlat bog‘cha tashkil etildi.
“Umumta’lim maktablari soni 10 163 taga, nodavlat umumta’lim tashkilotlari soni 449 taga yetdi. 37 ta maktab filiallariga umumiy o‘rta ta’lim maktabi maqomi berildi. 700 ming nafarga yaqin bolalar 1-sinfga qabul qilindi”, — dedi Dilfuza Sobirova.
Shuningdek, 563 ta maktabda qurish-ta’mirlash amalga oshirildi va 120 minga yaqin yangi o‘quv o‘rinlari yaratildi. Qariyb 115 ming o‘rinli o‘quv binolari mukammal ta’mirlandi.
Ta’lim muassasalarining 1 800 ga yaqiniga qayta tiklanuvchi quyosh elektr panellari va quyosh suv isitish qurilmalari o‘rnatildi. 53 ta maktab uzluksiz toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi.
“Qizil toifaga kiritilgan maktablar soni 1 526 tadan 404 ta kamaytirildi”, — dedi Sobirova.
Umumta’lim maktablariga 500 nafar xorijlik mutaxassislar jalb etildi.
Inklyuziv ta’lim joriy etilgan maktablar soni 415 taga, ulardagi o‘quvchilar soni 736 nafarga yetkazildi. Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning 153 nafari uy-joy bilan ta’minlandi.
Qoraqalpog‘iston respublikasi, Andijon va Farg‘ona viloyatlarida “Mehrli maktab” davlat ta’lim muassasasi filiallari tashkil etildi.
Nachalo novogo uchebnogo goda v shkolax Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.01.2024
Pedagoglarga malaka toifalarini berishning yangi tartibi belgilandi
Yangiliklar lentasi
0