Para taekvondochilar reyting orqali Paralimpiya o‘yinlariga litsenziyani qo‘lga kiritishdi

© Natsionalniy paralimpiyskiy komitetParatxekvondo
Paratxekvondo - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.01.2024
Obuna bo‘lish
Para tayekvondochilar Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga litsenziyani qo‘lga kiritdi.
TOShKENT, 4 yanv — Sputnik. Ilk bor o‘zbekistonlik besh taekvondochi reyting orqali Paralimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Yoshlar siyosati va sport vazirligi xabar berdi.
Butunjahon taekvondo federatsiyasi Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga litsenziya beruvchi reytingni e’lon qildi.
“Quvonarlisi, yakuniy reyting natijalariga ko‘ra ilk bor 5 nafar para taekvondochimiz reyting orqali Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi”, — deyiladi xabarda.
© Natsionalniy paralimpiyskiy komitetParatxekvondo
Paratxekvondo - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.01.2024
Paratxekvondo
Taekvondochilar:
Ayollar: Ziyoda Isoqova (-47 kg), Guljanoy Naimova (+65 kg).
Erkaklar: Zuxriddin Tohirov (-63 kg), Javohir Aliqulov (-70 kg), Asad Toshtemirov (-80 kg).
Aytilishicha, O‘zbekiston delegatsiyasi Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarining para taekvondo dasturida 3 nafar sportchi bilan ishtirok etgan edi.
Yangiliklar lentasi
0