Ukraina Qurolli kuchlari komandiri Rossiya armiyasining ustunligini tan oldi

© Foto : © Foto press-sentra shtaba Operatsii Obyedinennix silUkrainskie voyennie s raketnim kompleksom Javelin
Ukrainskie voyennie s raketnim kompleksom Javelin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.01.2024
Obuna bo‘lish
Ukraina qurolli kuchlari komandiri Rollo: bu juda jiddiy raqib. Dunyodagi aksariyat qo‘shinlardan jiddiyroq.
TOShKENT, 3 yanv — Sputnik. Rossiya armiyasi Ukrainanikiga qaraganda yaxshiroq jihozlangan. Bu haqda uchinchi hujum brigadasi batalon komandiri Rollo ma’lum qildi, deb yozadi RIA Novosti "Strana.ua" nashriga tayanib.
“Rossiya armiyasi Ukrainanikidan yomon emas, hatto undan ham yaxshiroq. Ukrainanikiga qaraganda texnologik jihatdan yaxshi jihozlangan, ko‘proq texnika, yaxshi qurollar, yaxshi jihozlar”, — dedi u.
Uning fikricha, ruslar armiyani jihozlash va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ham yaxshiroq davlat dasturlariga ega.
“Raqibni kam baholamaslik kerak, bu juda jiddiy raqib. Dunyodagi aksariyat qo‘shinlardan jiddiyroq”, — deya xulosa qildi u.
Yangiliklar lentasi
0